qoʻllanma uchun katta rahmat.
> Internetdagi ikki yarim soatlik qidiruv natijasida Samarqand Davlat Chet
> tillar instituti tomonidan nashr qilingan uslubiy qo'llanmani topdim.
Darhaqiqat. Qoʻllanma toʻliq va juda yaxshi yozilganga oʻxshaydi.
U 2005-yilda chiqqan ekan. Undan soʻng yozuv qoidalari oʻzgarmadimi?
Salom bilan,
Mashrab.
U 2005-yilda chiqqan ekan. Undan soʻng yozuv qoidalari oʻzgarmadimi?
Behzod joʻnatgan hujjatda 'y' harfini yozish qoidasida (33-bet)
agar 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' birikmalardan oldin yumoshoq undosh
kelsa 'u', 'e', 'o', va 'a' ishlatiladi. Agar kattiq undosh
kelsa, 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' ishlatiladi. Ammo keyingi betda (34-bet)
jadvaldagi misollarda 'molekular' va 'samolyot' soʻzlari keltirilgan. Bu ikki
soʻzda 'l' harfidan keyin 'a' va 'yo' ishlatilgan. Bu xatomi yoki toʻgʻrimi?
Soʻng, menga, oʻzbek tilining qoidalarini biladigan boʻlsa, yumshoq va kattiq
undoshlar nimaligi haqida iltimos maʼlumot beringlar.
Salom bilan,
Mashrab.
> Soʻng, menga, oʻzbek tilining qoidalarini biladigan boʻlsa, yumshoq va
> kattiq undoshlar nimaligi haqida iltimos maʼlumot beringlar.
Hech kim yumshoq va kattiq undoshlar nimaligini bilmaydimi? Hech kimda
maktabga boradigan aka/uka/singil/opa/qarindosh yoʻqmi?
Salom bilan,
Mashrab.
Hech kim yumshoq va kattiq undoshlar nimaligini bilmaydimi? Hech kimda
maktabga boradigan aka/uka/singil/opa/qarindosh yoʻqmi?
> Lekin o'zbek tilining lotin yozuviga asoslangan imlo lug'atini topdim. Bir
> tanishim skaner qilib berdi.
Juda ajoyib ish. Unga vaqtingizni ajratganingiz uchun katta rahmat.
> Uni bir.uz serveriga vaqtincha qo'ydim, har doim u yerda bo'lmasligi ham
> mumkin. Iltimos, iloji boricha tezroq olinglar.
Men yozib oldim. Uni loyiha veb-saytiga qoʻyish mumkin, ammo birinchidan
mualliflik huquqi borasida muammo paydo boʻlishi mumkin va ikkinchidan
PDF-faylining hajmi Google ajratgan joyning yarimi olar ekan.
Mashrab.