Lotin yozuviga asoslangan o'zbek yozuvi va imlo qoidalarin (uslubiy qo'llanma)

264 views
Skip to first unread message

Behzod Saidov

unread,
May 8, 2007, 3:29:42 AM5/8/07
to floss-...@googlegroups.com
Internetdagi  ikki yarim soatlik qidiruv natijasida Samarqand Davlat Chet tillar instituti tomonidan nashr qilingan uslubiy qo'llanmani topdim. Qo'llanma juda yaxshi tuzilgan. Unda nafaqat imlo qoidalari, balki yozuvlar tarixi, davlat qonun va qarorlari, harflarning bosma va yozma yozilishi hamda ko'pgina namuna matnlar keltirilgan.
Qo'llanmani ilova qilaman.

Hurmat bilan,
Behzod.
uz-lotin-imlo.pdf

Behzod Saidov

unread,
May 8, 2007, 3:52:49 AM5/8/07
to floss-uz-l10n
Manbasini yozishni unutibman. Mana bu bog'dan foydalanishingiz mumkin:
http://ziyo.edu.uz/Detail.aspx?ID=735BE2F9-675F-498F-B713-FB2434E81FC3

Mashrab Kuvatov

unread,
May 8, 2007, 5:05:32 AM5/8/07
to floss-...@googlegroups.com
Salom Behzod,

qoʻllanma uchun katta rahmat.

> Internetdagi ikki yarim soatlik qidiruv natijasida Samarqand Davlat Chet
> tillar instituti tomonidan nashr qilingan uslubiy qo'llanmani topdim.

Darhaqiqat. Qoʻllanma toʻliq va juda yaxshi yozilganga oʻxshaydi.

U 2005-yilda chiqqan ekan. Undan soʻng yozuv qoidalari oʻzgarmadimi?

Salom bilan,
Mashrab.

Behzod Saidov

unread,
May 8, 2007, 5:56:46 AM5/8/07
to floss-...@googlegroups.com
U 2005-yilda chiqqan ekan. Undan soʻng yozuv qoidalari oʻzgarmadimi?

Yo'q. Oxirgi o'zgarish adashmasam 1995-yil amalga oshirilgan.

Mashrab Kuvatov

unread,
May 14, 2007, 4:41:28 PM5/14/07
to floss-...@googlegroups.com
Hammaga salom,

Behzod joʻnatgan hujjatda 'y' harfini yozish qoidasida (33-bet)
agar 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' birikmalardan oldin yumoshoq undosh
kelsa 'u', 'e', 'o', va 'a' ishlatiladi. Agar kattiq undosh
kelsa, 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' ishlatiladi. Ammo keyingi betda (34-bet)
jadvaldagi misollarda 'molekular' va 'samolyot' soʻzlari keltirilgan. Bu ikki
soʻzda 'l' harfidan keyin 'a' va 'yo' ishlatilgan. Bu xatomi yoki toʻgʻrimi?

Soʻng, menga, oʻzbek tilining qoidalarini biladigan boʻlsa, yumshoq va kattiq
undoshlar nimaligi haqida iltimos maʼlumot beringlar.

Salom bilan,
Mashrab.

Behzod Saidov

unread,
May 15, 2007, 4:53:49 AM5/15/07
to floss-...@googlegroups.com
Men jo'natgan qo'llanma har holda juda ideal emas. Ko'rsatgan jadvalingizni qarab chiqdim. Haqiqatdan ham g'alati.
Shu kunlarda rasmiy o'zbek tilining imlo qoidlarini qidirayapman. U 1995-yildan keyin chiqqan imlo lug'atida bor.

Hurmat bilan,
Behzod.

2007/5/15, Mashrab Kuvatov <kmas...@uni-bremen.de>:

Mashrab Kuvatov

unread,
Jun 28, 2007, 11:02:54 AM6/28/07
to floss-...@googlegroups.com
Mashrab Kuvatov yozgan:

> Soʻng, menga, oʻzbek tilining qoidalarini biladigan boʻlsa, yumshoq va
> kattiq undoshlar nimaligi haqida iltimos maʼlumot beringlar.

Hech kim yumshoq va kattiq undoshlar nimaligini bilmaydimi? Hech kimda
maktabga boradigan aka/uka/singil/opa/qarindosh yoʻqmi?

Salom bilan,
Mashrab.

Behzod Saidov

unread,
Jun 28, 2007, 12:16:03 PM6/28/07
to floss-...@googlegroups.com
Hech kim yumshoq va kattiq undoshlar nimaligini bilmaydimi? Hech kimda
maktabga boradigan aka/uka/singil/opa/qarindosh yoʻqmi?

2-3 kun ichida menda tasdiqlangan imlo qoidalarining asl nusxasi va imlo lug'ati bo'ladi deb o'ylayman. O'sha yerda qarab ko'raman.

Behzod Saidov

unread,
Aug 22, 2007, 10:01:13 AM8/22/07
to floss-...@googlegroups.com
Uzoq vaqt javob yoza olmaganim uchun uzr. Xullas, yumshoq va qattiq undosh haqida hech qanaqa ma'lumot topa olmadim. Lekin o'zbek tilining lotin yozuviga asoslangan imlo lug'atini topdim. Bir tanishim skaner qilib berdi. Faqat bir muammo, pdf faylni hajmi katta bo'lib ketgani uchun (44 MB) uni bu yerda qoldira olmadim. Fayl vaqtincha http://www.bir.uz/imlo-lugati.zip manzilida turadi. Uni bir.uz serveriga vaqtincha qo'ydim, har doim u yerda bo'lmasligi ham mumkin. Iltimos, iloji boricha tezroq olinglar.


2007/6/28, Behzod Saidov <behzod...@gmail.com>:

Mashrab Kuvatov

unread,
Aug 27, 2007, 9:38:20 AM8/27/07
to floss-...@googlegroups.com
Salom Behzod,

> Lekin o'zbek tilining lotin yozuviga asoslangan imlo lug'atini topdim. Bir
> tanishim skaner qilib berdi.

Juda ajoyib ish. Unga vaqtingizni ajratganingiz uchun katta rahmat.

> Uni bir.uz serveriga vaqtincha qo'ydim, har doim u yerda bo'lmasligi ham
> mumkin. Iltimos, iloji boricha tezroq olinglar.

Men yozib oldim. Uni loyiha veb-saytiga qoʻyish mumkin, ammo birinchidan
mualliflik huquqi borasida muammo paydo boʻlishi mumkin va ikkinchidan
PDF-faylining hajmi Google ajratgan joyning yarimi olar ekan.

Mashrab.

Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages