Germaniyahukumati rahbarlarining ro'yxatiga - 1867-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Germaniya milliy hukumati rahbarlari kiritilgan. 1867-yildan Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi federal davlat sifatida tashkil etilgan va hukumat ishlarini yurg'izuvchi Federal kansler lavozimi joriy qilindi (nemischa: Bundeskanzler)[1].
Ro'yxatda 1949-1990-yillar oralig'ida ikki yonma-yon yashayotgan Germaniya davlati (GFR va GDR) hukumat rahbarlari alohida ko'rsatilgan. Davlat rahbarlari vakolatlarining xilma-xilligi ham o'z aksini topgan (masalan, Otto fon Bismarkning 1867-1890-yillarda hukumat boshchig'i bo'lgan bo'lsa, Gelmut Kol 1982-1998-yillarda ketma ket 5 marta saylangan, Angela Merkelning vakolat muddatini ham misol keltirish mumkin). Kansler lavozimi hozirgi Bosh vazir lavozimi darajasiga juda yaqin.
Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi (nemischa: Norddeutscher Bund, Germaniya davlatlarining federal ittifoqi) tashkil etilishi Germaniyada yagona davlat tuzish ishlarini amalga oshirishning boshlang'ich bosqichi bo'ldi.
Harbiy harakatlar boshlanishidan oldin Prussiya tomonidan taklif qilingan yagona davlatga birlashish taklifini rad etgan bir qator davlatlar (Gannover, Gessen, Kassel, Nassau hamda Frankfurt-Mayn shahri), 1864-yilda Vena tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan yakunlangan Avstriya-Prussiya-Daniya urushi natijasida hamda 1866-yilda Praga tinchlik sulhi tuzilganidan so'ng, qo'lga kiritilgan Golshteyn va Shlezvigning Elba daryosi qirg'oqlaridagi barcha shaharlar unga qo'shildi va Prussiya qirolligi ushbu tuzilgan ittifoq davlatlari ichida eng katta yetakchi davlat bo'ldi va kelajakda Germaniyaning birlashishida sosiy rol o'ynadi.
Shimoliy Germaniyaning qolgan shtatlari federatsiya tarkibiga kirdi, o'zini hukumatini ittifoq davlati shaklida tashkil etganini e'lon qildi, bunda Prussiya yetakchi rol o'ynadi. 1866-yil 18-avgustda Prussiya va 17ta Shimoliy Germaniya davlatini birlashtirgan ittifoq shartnomasi imzolandi (kuzda yana to'rttasi qo'shildi).
1867-yil 12-fevralda Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasining taʼsischi Reyxstagiga saylovlar boʻlib oʻtdi, 24- fevral kuni birinchi majlis uchun yig'ildi va 16-aprelda federal konstitutsiyani qabul qilindi, unga ko'ra Prussiya qiroli ittifoq prezidenti sifatida, ittifoq nomidan urush e'lon qilish va sulh tuzish, diplomatik muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish huquqini oldi. Ittifoqchi qoʻshinning bosh qoʻmondoni sifatida katta zobitlarni tayinlash huquqiga ega edi.
Federal Qirol ichki ma'muriyat boshlig'i edi, ittifoqning asosiy mansabdor shaxslarini tayinlardi, Reyxstagni chaqirardi va tarqatib yuborardi. Ittifoqqa kirgan davlatlar o'z konstitutsiyalaridan foydalanishda davom etdilar, qonun chiqaruvchi organ sifatida o'zlarining mulk yig'ilishlarini va ijro etuvchi organlar sifatida vazirliklarni saqlab qolishdi, lekin harbiy va dengiz floti boshqaruvini, diplomatik munosabatlarni, pochta, telegraf, temir yo'l, pul boshqaruvidan voz kechishga majbur bo'ldilar.
Davlatning parlamenti hisoblangan Bundesratdagi vakillik organini kvotalar notekis taqsimlangan edi: masalan, Prussiya 17 ta, Saksoniya esa 4 ta ovozga ega edi. Bundesrat raisi Prussiya qiroli tomonidan tayinlangan federal kansler boʻlib, ittifoqning barcha tashqi va ichki ishlariga masʼul edi, Prussiya kansleri bo'lgan graf Otto fon Bismark federalkansler bo'ldi[1][4].
Federal Germaniya davlatini yaratish tashabbuskorlari Otto fon Bismark va Gohenzollernlik Vilgelm I dir. 1870-yildagi Fransiya-Prussiya urushidagi g'alabadan so'ng, Elzas va Lotaringiya Prussiyaga qo'shildi 1871-yil 18-yanvarda Versal saroyining oynali zalida Germaniya imperiyasi tashkil topgani e'lon qilindi. Prussiya qiroli Vilgelm esa o'zining Kayzer unvonini oldi. Tez orada federatsiyaga, ilgari federal Shimoliy Germaniya Ittifoqi tarkibiga kirmagan davlatlar - Saksoniya, Bavariya va Vyurtemberg qirolliklari va boshqa Janubiy Germaniya o'lkalar qo'shildi. Nemis kayzeri (nemischa: Deutscher Kaiser) federal monarxlarning (Gamburg va Bremen erkin shaharlari senatlarining) davlat rahbari va prezidenti (tenglar orasida birinchi) edi. Mashhurlikdan so'ng, Otto fon Bismark knyaz unvonini oldi va Reyxskanzler ( Reichskanzler) etib tayinlandi, u ijroiya hokimiyatining boshlig'i va ayni paytda Bundesrat va Reyxstag oldida mas'ul bo'lgan yagona shaxs bo'ldi. Imperiyada vazirlar yo'q edi, ularning o'rniga imperator bo'limlariga rahbarlik qiluvchi Reyx-kanslerga bo'ysunuvchi davlat kotiblari tayinlandi (nemischa: Reichsmter. Reyx kansleri kayzer tomonidan tayinlangan va lavozimidan ozod etilgan. 1918-yil noyabr inqilobi[8] natijasida Germaniya imperiyasi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
Noyabr inqilobi (nemischa: Novemberrevolution 1918-yil noyabr oyida Germaniya imperiyasida sodir bo'lgan inqilob bo'lib, Germaniyada Veymar Respublikasi deb nomlanuvchi parlament demokratiyasining o'rnatilishiga olib keldi. Uning boshlanishi 2018-yil 4-noyabrda Kil shahri portidagi dengizchilarning qo'zg'oloniga borib taqaladi. Kulminatsion lahza 9-noyabr tushda respublikaning e'lon qilinishi, 1919-yil 11-avgustda Reyx prezidenti Fridrix Ebert Veymar konstitutsiyasini imzolagani bilan yakunlangan edi[27].
Uchinchi reyx (nemischa: Drittes Reich - Uchinchi imperiya, uchinchi hokimiyat) - Germaniyaning norasmiy nomi. 1933-yil 24-martda (" Xalq va reyxni himoya qilish to'g'risida" gi qonun") qabul qilindi, reyx kansleri Adolf Gitler favqulodda holatda o'ziga vakolatlarni oladi. Hozirda bu davrga nisbatan " Fashistlar Germaniyasi " nomi ham ishlatiladi. 1933-yil 30-yanvar Gitler Reyx kansleri etib tayinlandi va Gindenburg vafot etgandan keyin fyurer bo'ldi. 1871-yildan 1943-yil 26- iyungacha Germaniyaning rasmiy nomi Deutsches Reich, 1943-yil 26- iyundan 1945-yil 23-maygacha - Grodeutsches Reich (Buyuk Germaniya imperiyasi) deb ataldi. Reyx davlat degan ma'noda ishlatiladi. Bu davrda mamlakat bir partiyaviy tuzumga ega va hukmron mafkuraga ega totalitar davlat (natsional-sotsializm), jamiyat hayotining barcha sohalari nazorat ostida edi. Veymar Konstitutsiyasi bilan tashkil etilgan Germaniyaning federal tuzilishi "Reyxning yangi tashkil etilishi to'g'risida"gi qonun bilan unitar davlat tuzilmasiga aylantirildi(Gesetz ber den Neuaufbau des Reichs)[59].
Ikkinchi Jahon urushidagi harbiy mag'lubiyatdan so'ng, Gitler 1945-yil 30-aprelda o'z joniga qasd qildi va o'zining siyosiy vasiyatnomasi bo'yicha hokimiyatga tayinlangan Reyx Prezidentga, Buyuk Admiral Karl Donitsga va Reyx kansleri Jozef Gebbelsga topshirdi. 1-may kuni Gebbelsning o'z joniga qasd qilganini bilib, Donits graf Lyudvig Shverin fon Krosig bilan hukumat tuzish to'g'risida kelishib olmoqchi bo'ldi, ammo u Reyx vaziri lavozimidan bosh tortdi va vazirlar mahkamasining yetakchi vaziri lavozimini qabul qildi (nemischa: Leitende Minister)[60][61]. 1945-yil yil 23-mayda Karl Donits va Flensburg hukumati (Daniya bilan chegara yaqinidagi Flensburg shahrida haqiqiy yashash joyi nomi bilan atalgan) hali ishg'ol etilmagan hududni boshqarishga harakat qildi va ittifoqchi g'arb armiyasi kuchlari oliy qo'mondoni general Eyzenxauerning buyrug'iga binoan hibsga olindi.
Germaniya Federativ Respublikasi[комм. 4] (nemischa: Bundesrepublik Deutschland) 1949-yil 23-mayda fashistlar Germaniyasi (Trizoniya)ning Amerika, Britaniya va Fransiya qo'shinlari ishgʻol qilgan zonalarida joylashgan qismida eʼlon qilingan. Keyinchalik Germaniya Federativ Respublikasining asosiy qonunining 23-moddasida ko'zda tutilgan Germaniyaning Sovet davlati tarkibida turgan hududlar ham GFR tarkibiga kirishi kutilgan edi[68].
1989-yil 5-dekabrda Milliy frontni XDU va Liberal-demokratik partiya tark etdi, shu munosabat bilan front oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 16-dekabrda hukmron SED Demokratik sotsializm partiyasiga aylantirildi va oʻzining avvalgi siyosatidan uzoqlashdi. 1990-yil 20-fevralda GDR konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, undan Milliy front haqidagi tushuncha olib tashlandi. 1990-yil 3-oktabrda GFRning asosiy qonun qoidalariga muvofiqGFRga GDR davlati qo'shib olindi.
Darul Hukumatmeaning in Urdu to English isCapitalDarul Hukumat.Darul Hukumatsynonym word is Cap, Chapiter, Great and Majuscule. Similar words ofDarul Hukumatare also commonly used in daily talks like Raaj dhani kay mutaliq, , Kutub khana, and Hostel.
Darul Hukumat is a roman term that finds extensive usage in various sentences and different contexts. In English, the darul hukumat is referred to as "Capital" and it is driven by the English language. This page provides a comprehensive description of darul hukumat meaning in English and Urdu both, making it an excellent resource for anyone looking to learn more about the term.
However, finding the exact meaning of any word online can be a little tricky, especially since each word may have more than one meaning. Nevertheless, the definition of darul hukumat stated above is reliable and authentic, making it a valuable resource for those who seek to learn more about the term. Moreover, this page offers darul hukumat word synonyms, which can help further enhance the understanding of the term.
In addition to darul hukumat, this online dictionary offers the meaning of other roman words in English as well, making it a versatile resource for anyone looking to broaden their understanding of the Roman to English language. Therefore, whether you are a student, a professional, or just someone looking to improve your language skills, this Roman to English dictionary is an excellent resource that you can rely on.
3a8082e126