O 39;zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi

0 views
Skip to first unread message

Young Vadlapatla

unread,
Aug 4, 2024, 11:27:24 PM8/4/24
to quagecockcha
MuzeyOʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etnografik yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uy-roʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.

Muzeyda qadimiy kulolchilik va toʻqimachilik buyumlari namunalarining yaxshi toʻplami, koʻplab qadimiy tangalar, shuningdek, tarixiy hujjatlar va sanʼat asarlari kolleksiyalari mavjud. Muzeyning arxeologik, etnografik va numizmatik kolleksiyalari koʻplab tarixchi va arxeologlar nuqtai nazaridan noyobdir.


Oʻzbekiston hududidan topilgan muzey eksponatlari, shuningdek, uning fondlarida saqlanayotgan nodir arxiv materiallari, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar va fotomateriallar muzeyga tashrif buyuruvchilarga nafaqat Sharq sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri boʻlmish Markaziy Osiyoni, balki oʻzbek xalqi va hozirgi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa xalqlar tarixining eng muhim bosqichlari bilan tanishishimkonini beradi.


Muzeyda temuriylar davriga oid eksponatlar ushbu hududda yashagan xalqlarning oʻrta asr sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, ilm-fan va sheʼriyat, sanʼatdagi yutuqlarini toʻliq namoyish etish imkonini beruvchi eksponatlar shubhasiz qiziqish uygʻotadi.


Muzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan[2].


Yunon-Baqtriya, Kushon, Koʻhna Xorazm, Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga sazovor. Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa qabila belgilari yoki tamgʻalari zarb qilingan. Muzey ekspozitsiyasida Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan, somoniylar, qoraxoniylar, temuriylar, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklariga mansub tangalar namoyish etilgan.


Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi 1876-yil 12-iyulda Turkiston xalq muzeyi sifatida tashkil etilgan. Muzey 1876-yilda Toshkentda Moskva tabiatshunoslik, antropologiya va tabiatshunoslik ixlosmandlar jamiyatining Turkiston boʻlimi aʼzolari boʻlmish, rus olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey yaratilganidan beri qisqa vaqt ichida nafaqat asosiy koʻrgazmasini, balki bir qator xalqaro koʻrgazmalarni tayyorlashga ham muvaffaq boʻlgan. Parijda (1900-yilda) va Milanda (1906 yilda) bir qator xalqaro koʻrgazmalar tashkil etgan. Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi Samarqand (1896) va Fargʻonada (1899) muzeylarining ochilishiga ham hissa qoʻshgan.


XX asr davomida muzey oʻz nomini va joyini bir necha bor oʻzgartirdi. Hozirda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkentda 1970-yilda Lenin muzeyi uchun maxsus qurilgan Rashidov koʻchasidagi[4] binoda joylashgan[5].

3a8082e126
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages