Turli xil zichlikdagi (toylangan va toylanmagan) tolalarning tozalash jarayonida tola xossalarining o'zgarishini tahlil qilish maqsadida "Paxta tolasini tozalash stendi" konstruksiyasi ishlab chiqildi. Tozalash stendi barabanining tezligi 1100 min-1 da tajribalar o'tkazildi. Tajriba rejasiga muvofiq amaliyotda kuchli zichlangan (toylangan) va zichligi kam (toylanmagan) tolalarning tozalash jarayonida tabiiy xossalarining o'zgarishi o'rganildi. "Paxta tolasini tozalash stendi" da sinov tajribalar uchun, Sulton seleksiyasiga mansub 5-tip toylanmagan va toylangan paxta tolalaridan namunalar tayyorlandi."Paxta tolasini tozalash stendi" da shakllantirilgan tolali qatlam "chigal tolalar" massasi va miqdorini aniqlash bo'yicha tajribalar nostandart metodika asosida amalga oshirildi. Har bir variant bo'yicha paxta tolasini tozalash stendida tozalangan namunalarda olingan tolali massa tarkibidagi murakkab nuqsonlar miqdori va og'irligi o'rganildi. Toylanmagan tolalar kuchli zichlanmaganligi va ilashish kuchini kamligi hisobiga, toylangan tolalarga nisbatan, tolali massa tarkibidagi titilmagan tolalar tutamchasi massasi kichik bo'lishi amaliy tajribalar natijasida asoslandi.
fiber cleaning stand" construction was developed. Experiments were carried out at a cleaning stand drum speed of 1100 min-1. In accordance with the experimental plan, changes in the natural properties of strongly dense and low-density fibers during the cleaning process were studied. Samples of unpressed and pressed cotton fibers of the 5th type belonging to the "Sultan" selection were prepared for test experiments at the "Cotton Fiber Cleaning Stand". Experiments to determine the mass and amount of "entangled fibers" of the fiber layer formed in the "Cotton fiber cleaning stand" were carried out based on non-standard methodology. According to each option, the amount and weight of complex defects in the fiber mass obtained in the samples cleaned at the cotton fiber cleaning stand were studied. Due to the fact that unpressed fibers are not strongly compacted and have a low frictional force, compared to pressed fibers, the mass of the bunch of unpressed fibers in the fiber mass is small, based on the results of practical experiments.
Texnologik jarayonlarda paxta tolasiga ta'sir qiladigan zarbiy kuchlarni kamaytirib, sifatli tola, xomaki va tayyor mahsulot olish imkoniga ega texnologik tizimni paxta-to'qimachilik klasterlarida joriy qilish O'zbekiston iqtsodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega [1].
Paxtani dastlabki ishlash va ip yigirish jarayonlarida hozirda texnologik liniyalarda ishlatilayotgan mashinalarda yaqindan kuzatish ikmonining kamligi tufayli tola xususiyatlarining sezilarli o'zgarishini aniqlashning imkoni yo'q. Xususan, tolalar shikastlanish ehtimoli yuqori va chiqindilar tarkibiga yigirishga yaroqli tolalar qo'shilib ketishi mumkin [2,3].
Ip yigirish jarayonlari ketma-ketligida tayyorlangan xomaki mahsulotlar va ip tarkibida chigal tolalar va nepslarning mavjudligi asosan paxtani dastlabki ishlash texnologiyasining salbiy oqibatlari sifatida ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlangan
Shuningdek an'anaviy usulda, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda tolalarni yuqori darajada shikastlanishiga sabab bo'lgan titish jarayoni ham qo'llanilib kelinmoqda. Ushbu texnologiyalardagi takroriy mexanik zarbalar tolalarni kuchli shikastlantirib, yigirilgan ipning sifat ko'rsatgichlari pasayishiga sabab bo'ladi [5,6].
Tadqiqot ishlarining tahlilidan ma'lum bo'ldiki, takomillashgan tola tozalash mashinalarida arra tishli garnituralarning tishlar balandiligi qiyalik burchaklari, tishlar qadami kabi parametrlarning va tozalash barabani aylanishlar sonining oshishi natijasida tozalash jarayonida tola xossalariga ta'sirini aniqlashda amaliy tajribalar deyyarli o'tkazilmagan [7].
Eksperimental qism. Toylangan va toylanmagan tola xossalariga titish garnituralari ta'sirini tadqiq etish maqsadida paxta tolasini tozalash stendi Industrial Technological Lines MCHJ bazasida tayyorlandi. Paxta tolasini tozalash stendida tola xossalariga tozalash barabani tezlik ko'rsatkichlari va garnitura turlarini ta'sir darajasini o'rganish rejalashtirildi.
Tolani tozalash stendini tayyorlashda Cleanomat tizimidagi tozalash mashinalarining ishlash prinsiplari va konstruksiyasidan foydalanildi. Tolani tozalash stendining konstruktiv sxemasi 1-rasmda keltirildi.
1-rasmda ko'rsatilgandek paxta tolasini tozalash stendida: ta'minlovchi stolcha 1 da tolali qatlam ta'minlovchi slindrga uzatiladi va undan chiqayotgan tolali qatlam arra tishli barabanda 4 titib olinib nuqson ajratuvchi pichoq 3 ta'sirida iflosliklardan tozalanib, perfo sirt 5 ta'sirida tozalanadi, ajratuvchi pichoq 6 yordamida va tola so'ruvchiventiliyator7yordamida,
Paxta tolasini tozalash stendining texnologik parametrlari ilg'or korxonalarda amalda ishlatilayotgan ko'rsatkichlar asosida shaylandi.Tolani tozalash stendida tozalash barabaniga Graf firmasining uch xil o'lchamdagi qattiq garnituralaridan foydalanildi [8,9].
Tajriba rejasiga muvofiq amaliyotda kuchli zichlangan (toylangan) va zichligi kam (toylanmagan) tolalarning tozalash jarayonida tabiiy xossalarining o'zgarishi o'rganildi. "Paxta tolasini tozalash stendi" da sinov tajribalar uchun, Sulton seleksiyasiga mansub 5-tip toylanmagan va toylangan paxta tolalaridan namunalar tayyorlandi.
Har bir variant bo'yicha paxta tolasini tozalash stendida tozalangan namunalarda olingan tolali massa tarkibidagi murakkab nuqsonlar miqdori va og'irligi o'rganildi. Raqamli tavsiflarni aniqlashning statistik usullari yordamida sinovlar soni n = 100 ta da aniqlandi va olingan natijalar 1-jadvalga jamlandi [12].
Toylanmagan tolalar namunasi tarkibidagi titilmagan tolalar tutamchasi massa jihatdan, toylangan tolali namunaga nisbatan kam ekanligi kuzatildi. Toylanmagan tolalar kuchli zichlanmaganligi va ilashish kuchini kamligi hisobiga, toylangan tolalarga nisbatan, tolali massa tarkibidagi titilmagan tolalar tutamchasi massasi kichik bo'lishi tadqiqotlar natijasida isbotlandi.
Tolalarni tozalashdagi titilmagan tolalar tutamchasi toylanmagan tolalarda toylangan tolalarga nisbatan massasi jihatdan kichik bo'lishi, tarash jarayonida alohida tolalarga oson ajralishi va taralgan pilta tarkibidagi nuqsonlarning kamayishiga erishiladi.
1.A.P. Pirmatov, B.A. Paluanov. Ip ishlab chiqarishda xomashyodan samarali foydalanish imkoniyatlari. Fan, ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to'qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi" mavzusidagi Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjuman. Toshkent-2021-21-aprel.
d3342ee215