Uzislam.com sayti yangilandi.

13 views
Skip to first unread message

Behzod Muhammadiy

unread,
Dec 2, 2010, 10:16:50 PM12/2/10
to Кундалик
Hurmatli Uzislam.com sayti foydalanuvchilari!

Bir necha birodarimizning zahmatli va uzoq mehnatlari samarasi o'laroq
Uzislam.com sayti qayta tug'ilgandek yangidan dunyo yuzini ko'rdi. Bu
safar saytning nafaqat dizaynini, balki mazmun-mundarijasini ham
yangilashga harakat qilindi. Bir necha yangi bo'limlar qo'shildi,
ayrim mavjud bo'limlar bahridan o'tishga ham to'g'ri keldi.

Endigi maqsad saytni muntazam foydali ma'lumotlar bilan to'ldirib
borish. Bu vazifada biz yordamchilarga muhtojmiz. Oramizdan original
islomiy materiallar tayyorlab bera oladigan olim zotlarni topish qiyin
bo'lsa ham, yaxshi islomiy manbalarni tarjima qilib yoki mavjud
manbalar asosida yaxshi materiallar tayyorlab bera oladigan
birodarlarimiz ko'p. Xayrli ishga o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan
birodarlarimizdan bu ishda faol ishtirok etishlarini so'raymiz.

Sayt hanuz kamchiliklardan xoli emas, ularni tuzatish ishlari davom
etmoqda. Saytning yangi ko'rinishi, tarkibi bo'yicha fikmr-
mulohazalaringiz bo'lsa, shu yerda baham ko'rishingiz mumkin.

Saytdagi forumni ham jonlantirish kerak, deb hisoblaymiz. Buning uchun
10-15 ta muntazam ishtirokchi bama'ni postlar qo'yib tursa, tez orada
forum ham qaddini rostlab oladi.

Saytni ommaga tanitish maqsadida uning facebook sahifasini ham ochdik.
Shunga o'xshash yana qanday targ'ibot ishlarini tavsiya qilasiz?

Shu va boshqa ishlarda maslahatlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

Naimjon Hakimjonov

unread,
Dec 3, 2010, 11:33:44 AM12/3/10
to kund...@googlegroups.com
Assalomu aleykum!
Twitter hizmatidan ham foydalanganila yaxshi bolsa kerak.
Ohirgi qoyilgan yangiliklar test uchun qoyilganmi? islomiy saytga siyosiy yangiliklarni qoyib nima qilasila?

Behzod Muhammadiy

unread,
Dec 3, 2010, 12:24:18 PM12/3/10
to Кундалик
Musulmon odam siyosatda bo'layotgan voqealardan xabardor bo'lib tursa
buning nimasi yomon? Din bu hayot, hayot esa hamma narsadan iborat.
Siyosat, yoqadimi, yoqmaydimi, bu bizning hayotimizdan ajratib
bo'lmaydigan real voqeik. Diqqat qilinsa, faqat yangiliklar
qo'yilmoqda. Siyosiy voqealarga munosabat bildirish, taraf olish kabi
materiallar saytga qo'yilmaydi. Bu haqdagi qarashlar forumda bahs
qilinishi mumkin.

Shukhrat Rakhimdjanov

unread,
Dec 4, 2010, 3:58:53 AM12/4/10
to kund...@googlegroups.com
Tuppa tuzuk site, xech bir xavfli yoki buzghunchi fikrlar bildirilmagan. Bu tadbirni boshlanishi yomon emas. Siyosiy va ijtimoyi yangiliklar bor e'kan. Bunga qoshimcha e'tib iqtisodiy va madaniy xabarlar ham qoyib borilsa, site hayotni xamma qirralarini qamrab oladi qoyadi. Behzodni nuqtai nazarlariga qoshilaman.

--- On Fri, 12/3/10, Behzod Muhammadiy <toli...@gmail.com> wrote:
--
Кундалик - кунлик оят ва ҳадислар
http://groups.google.com/group/kundalik?hl=ru
Ушбу гуруҳга хабар юбормоқчи бўлсангиз қуйидаги манзилдан фойдаланинг:
kund...@googlegroups.com
Гуруҳ аъзолигидан чиқиш учун қуйидаги манзилга хат юборинг:
kundalik+unsub...@googlegroups.com

Muhammadboburhon

unread,
Dec 8, 2010, 10:27:48 AM12/8/10
to kund...@googlegroups.com
ok
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages