Yaxshilik qilish haqida

257 views
Skip to first unread message

UzIslam.Com

unread,
Aug 14, 2009, 2:14:36 AM8/14/09
to kundalik
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: "Bir odam yo'lda ketar ekan, yo'l ustida tikan shoxiga duch keldi. Uni olib tashqariga otdi. Janobi Haq undan xushnud bo'lib, uning gunohlarini avf etdi."

Yuqoridagi matn Abu Dovuddan boshqa besh kitobning hammasida bir xilda kelgan. Abu Dovud qilgan rivoyatda "Hech qanday yaxshilik qilmagan bir kishi yo'ldan bir tikan shoxini olib tashladi. Bu yoki (yo'lga osilib turgan) daraxt shoxi edi, uni kesib tashladi yoki yo'lga tashlangan bir narsa edi, olib tashladi." tarzida kelgan.

Buxoriy, Mazlumlar 28, Jamoat 32; Muslim, Yaxshilik 128 (1914), İmorat 163 (1914); Muvatto, Jamoat namozi 6 (1, 131); Termiziy, Yaxshilik 38 (1958); Abu Dovud, Odob 172 (5245).

UzIslam.Com

unread,
Sep 29, 2009, 4:40:28 AM9/29/09
to kundalik
Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: "Menga ummatimning yaxshi va yomon barcha amallari ko'rsatildi. Yaxshi amallari orasida rohatsizlik beruvchi narsaning yo'ldan olib tashlanishi ham bor edi. Yomon amallari orasida yerga ko'milmasdan masjidda qoldirilgan tufuk ham bor edi."

Muslim, Masjidlar 58 (553).

UzIslam.Com

unread,
Sep 30, 2009, 3:03:36 AM9/30/09
to kundalik
Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: "Qilingan hech bir xayrni (ma'rufni) kichkina sanab haqir ko'rma, hatto birodaringni jilmayish bilan qarshilashni ham (ahamiyatsiz hisoblab tark qilma)."

Muslim, Yaxshilik 144 (2626).
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages