UzIslam.Com
unread,Dec 20, 2009, 6:15:37 PM12/20/09Sign in to reply to author
Sign in to forward
You do not have permission to delete messages in this group
Either email addresses are anonymous for this group or you need the view member email addresses permission to view the original message
to kundalik
1. Tarix va motivatsiya
Islomiy taqvim melodiy 638-yili xalifa Umar (melodiy 592–644 yillar), roziyallohu anhu, tomonidan joriy qilingan. Ushbu taqvim qamariy bo'lib, oy harakatiga asoslangan edi. Umar, roziyallohu anhu, ushbu taqvimni o'z davrida amalda bo'lgan turli taqvimlar o'rtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun joriy qilgan.
Umar, roziallohu anhu, bir necha sahobalar bilan maslahatlashib, yilboshi sifatida hijrat yilini tanlashga qaror qilishgan. Taqvimning boshlanish nuqtasi sifatida Hijrat qilingan yilning 1 Muharram kuni tanlangan. Hijriy sana, odatda G'arb adabiyotida A.H. deb qisqartirib yoziladi(Bu lotincha "Anno Hegirae" so'zining qisqartmasidir. Birinchi Hijriy sananing birinchi Muharram kuni(Muharram 1, 1 A.H.) Grigoryan taqvimida 622 yil 16 Iyulga to'g'ri keladi).
Payg'ambar Muhammadning, sallallohu alayhi vasallam, Makkadan Madinaga hijratlari esa Grigoryan taqvimining 622 yil Sentabr oyiga to'g'ri keladi. Ushbu hijrat birinchi musulmon shahar-davlatining tashkil topishiga turtki bo'lgan, shuning uchun ham Hijriy taqvim Musulmonlar olamida oddiy taqvimdan ko'ra ko'proq ahamiyat kasb etadi. Hijriy taqvim biror urushning boshlanishi yoki tugashi, Payg'ambarning, sallallohu alayhi vasallam, tug'ilgan yoki o'lgan kuni yoxud vahiyning kelishi bilan bog'liq emas. Balki haqiqat uchun kurashda qilingan qurbonliklar bilan bog'liqdir va har yili mo'min-musulmonlardan ana shu ishlarni Din uchun qilishliklari kerakligini eslatib turadi.
2. Taqvimning tarkibi:
Islomiy taqvim (Hijriy taqvim) 12 oydan iborat:
1. Muharram;
2. Safar;
3. Robi' ul-avval;
4. Robi' ul-oxir;
5. Jumad ul-avval;
6. Jumad ul-oxir;
7. Rajab;
8. Sha'bon;
9. Ramazon;
10. Shavvol;
11. Zul-qa'da;
12. zul-hijja.
Hijriy yildagi muhim sanalar:
a) 1 Muharram - yil boshi;
b) 27 Rajab - Isro va Meroj hodisasi;
c) 1 Ramazon - tutilishi farz bo'lgan ro'zaning birinchi kuni;
d) 17 Ramazon - Qur'onning nozil bo'lishi boshlagan kun;
e) Ramazonning oxirgi 10 kechasi - Laylat ul-qadr kutiladigan kechalar;
f) 1 Shavvol - Iyd al-Fitr, Ramazon Hayiti;
g) 8–10 Zul-hijja - Haj kunlari;
h) 10 Zul-hijja - Iyd al-Adha, Qurbon Hayiti.
Taqvimda 12 oydan foydalanish Allohning buyrug'idir. "Tavba" surasida Alloh taolo shunday buyuradi:
"9.36. Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi - Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq - o'n ikki oydir..."
Hilolning yangi oy boshi sifatida belgilanishi "Baqara" surasida kelgan:
"2.189 . Sizdan (ey, Muhammad), hilollar (yangi oylar) haqida so'raydilar. "Ular odamlarga (yil hisobi) va haj uchun vaqt o'lchovlaridir", -deb ayting..."
Hijriy taqvim oyga asoslanganligi sababli Hijriy sana quyoshga asoslangan Grigoryan sanaga nisbatan taxminan 11 kunga qisqadir hamda Islomiy taqvimdagi oylar fasllarga bog'liq emas. Shuning uchun Islomiy arkonlar, masalan Ramazon ro'zasi yoki Qurbon Hayiti, har yili har xil vaqtga va faslga to'g'ri keladi. Ammo har 33 yilda ma'lum bir kun bir xil faslga to'g'ri keladi.
Diniy ko'rsatmalariga binoan Hijriy oyning boshlanishi odam(lar) tomonidan yangi oyning ko'rinishi bilan belgilanadi. Fiqh nuqtai nazaridan esa, kishi Ramazon ro'zasini mahalliy hududda oy ko'rinishi bilan yoki Musulmon dunyosining istalgan hududida oy ko'rinishi bilan boshlashi mumkin va bu ikki holatda ham ro'za tutish joiz hisoblanadi.
Astronomik hisobga ko'ra, yangi oyning chiqishini aniq bilish mumkin, ammo hilolning biror kishi tomonidan ko'rilishi bunday aniqlikka ega emas. Shuning uchun Hijriy taqvimni oldindan aniq qilib belgilash, kelajak bayram-hodisalarning kunini oldindan to'laqonli aytish qiyin. Yangi oyning tug'ilishini oldindan hisob-kitob qilib chiqish borasida ko'plab izlanish va ishlar qilingan bo'lishiga qaramasdan haligacha bu hisob-kitoblarning barchasida to'la miqdorda aniqlik mavjud emas. Shuning uchun ham har qanday Hijriy taqvimi hisoblash dasturlari yuz foiz aniqlikda ma'lumot bera olmaydi hamda Hijriy yildagi muhim sanalar yangi hilolning inson ko'zi tomonidan ko'rilishiga bog'liq. Qolaversa, dunyo bo'yicha chiqarilgan Hijriy taqvimlarda ham farqlar mavjud bo'lishi mumkin.
3. Hijriy sana Grigoryan taqvimiga nisbatan qanday hisoblanadi?
Yuqorida aytib o'tilganidek Hijriy sana Grigoryan sanadan qisqa. Bu tafovut har yili taxminan 11-12 kunni tashkil etadi. Ya'ni Hijriy yil taxminan 354 kundan iboratdir.
Grigoryan taqvimdagi sanani Hijriyga yoki Hijriydan Grigoryanga o'tkazish borasida bir necha algoritmlar mavjud, ammo barchasi biroz murakkabdir (shunga qaramasdan aniqlilik darajasi yuz foiz emas). Quyida hisoblash algoritmini qisqacha tushuntirib o'tamiz:
Shu bugungi kun, Grigoryan 2008 yil 18 Aprelni Hijriy sanaga o'girmoqchimiz deylik.
Grigoryon 622 yil 16 iyul Hijriy 1 yil 1 Muharramga teng deb olinadi.
2008 yildan 622 yilni ayrib tashlaymiz (2008 - 622 =): 1386.
Ushbu 1386 yil har bir sana uchun 365 (4 yilda bir 366) kun deb olingandagi hisobdir (18 Aprel - 16 Iyul orasidagi 89 kunni chiqarib tashlaymiz). Buni 354 kunlik Hijriy yillarga aylantiramiz: ((1040*365 + 346*366) - 89)/354 = 1429 yil 281 kun. Aniqroq qilib aytganda Hijriy 1429 yil 16 Shavvol.
Hisoblash usulini imkon qadar soddalashtirganimiz, qolaversa yuqorida sanab o'tilgan mavhumliklar tufayli hisobimizda albatta xatolik mavjuddir.