UzIslam.Com
unread,Dec 20, 2009, 6:35:38 PM12/20/09Sign in to reply to author
Sign in to forward
You do not have permission to delete messages in this group
Either email addresses are anonymous for this group or you need the view member email addresses permission to view the original message
to kundalik
Assalomu alaykum
Hijriy taqvimning birinchi oyi bo'lmish Muharram oyida musulmonlar uchun muhim bo'lgan kunlardan biri Ashuro kuni mavjuddir.
Muharram oyining o'ninchi kechasi Ashuro kechasidir. O'ninchi kuni esa Ashuro kunidir. Muharram oyi Qur'oni Karimda "harom oylar" (Tavba-36) deb nomlangan 4 oylardan (Zulqada, Zulhijja, Muharram, Rajab - Hadis: "Muhaqqaqki, zamon Alloh uni yaratgan kunidagi shakliday davom etib kelmoqda. Bir yil o'n ikki oydir. Ulardan to'rttasi harom oylaridir. Shulardan uchtasi orqami-orqa keladi: Zulqada, Zulhijja va Muharram. Biri esa Jamod-ul ohir va Sha'bon oylarining orasida keluvchi Mudar qabilasining oyi bo'lgan Rajabdir") biridir. Bu oyning eng qiymatli kechasi esa Ashuro kechasidir. Alloh taolo bir qancha duolarni Ashuro kuni qabul(ijobat) qilgan. Hazrati Odamning (a.s) tavbasini qabul bo'lishi, Hazrati Nuhning (a.s) to'fondan qutilishi, Hazrati Yunusning (a.s) baliq qornidan chiqishi, Hazrati Ibrohimning (a.s) olovda yonmasligi, Hazrati Idrisning (a.s) samoga ko'tarilishi, Hazrati Yoqubning (a.s) o'g'li Yusuf (a.s) bilan qayta diydorlashishi, Hazrati Ayyubning (a.s) kasallikdan qutilishi, Hazrati Musoning (a.s) Qizil dengizdan o'tishi, Hazrati Isoning (a.s) o'limdan qutilib tiriklayin samoga ko'tarilishi Ashuro kuni sodir bo'lgan.
Ashuro kuni va undan bir kun avvalgi kunni yoki keyingi kunni qo'shib ro'za tutish sunnatdir (bu Gregorian taqvimiga ko'ra 2009 yil 26-27 Dekabr yoki 27-28 Dekabr kunlari ro'za tutish kerak degani). Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: "Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida yaxudiylarni Ashuro kunida ro'za tutayotganlarini ko'rdilar va bu qanday kun deb so'radilar. Ular: "Bu yaxshi kun, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan xalos etgan va Muso u kunda ro'za tutgan", dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Men Musoga sizlardan ko'ra haqliroqman", dedilar va bu kunda ro'za tutdilar hamda unda ro'za tutishga buyurdilar" (Imom Buxoriy rivoyati). Shuni ham yodda tutish lozimki, Bani Isroil (yaxudiylar)ga xilof ravishda biz musulmonlar 2 kun ro'za tutamiz. Ya'ni yuqorida aytib o'tilganidek, 9-10 Muharram (Ashuro kuni va undan bir kun avval) yoki Muharram 10-11 (Ashuro kuni va undan bir kun keyin) kunlari ro'za tutishimiz lozim.