Ota va farzand

11 views
Skip to first unread message

UzIslam.Com

unread,
Jun 28, 2009, 11:50:09 PM6/28/09
to kundalik
Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, bir odam: "Ey Allohning Rasuli! Mening molim va farzandim bor. Otam molimni olmoqchi. (Nima qilay?)" - dedi. Shunda Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): "Sen va moling otangga oidsizlar. Shuni bilingki, farzandlaringiz daromadingizning eng tozalaridandir. Bas farzandlaringizning daromadlaridan yenglar (yeyaveringlar)." deb javob berdilar.
 
Abu Dovud, Sehr 79 (3530); Ibn Moja, Tijorat 64 (2291-2292).

UzIslam.Com

unread,
Jul 8, 2009, 8:58:26 PM7/8/09
to kundalik
Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: “Ota jannat o’rtasidagi eshikdir. Istasang u eshikni tark qil, istasang uni muhofaza qil.

Termiziy, Yaxshilik, 3 (1901). Termiziy bu hadisni “sahih” degan.

UzIslam.Com

unread,
Jul 19, 2009, 7:55:15 AM7/19/09
to kundalik

Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: Rasulullohning (sallallohu alayhi vasallam) shunday deganlarini eshitdim: "Kishining qiladigan eng afzal amallaridan biri (otasining) o'limidan so'ng otasining do'stlariga silai-rahm qilishidir."

Muslim, Yaxshilik11-13 (2552); Termiziy, Yaxshilik 5 (1904); Abu Dovud, Odob 129 (5143).

UzIslam.Com

unread,
Jul 19, 2009, 10:20:06 PM7/19/09
to kundalik
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: "Balog'atga yetguniga qadar kim ikki qizini tarbiyalasa, barmoqlarini birlashtirib, qiyomat kuni u va men mana shunday birga bo’lamiz."

Termiziy rivoyatida "...Ikki barmoqlarini ko’rsatdilar va “U va men jannatga shu ikki narsa kabi birga kiramiz" dedilar." shaklida kelgan.

Muslim, Yaxshilik 149 (2631); Termiziy, Yaxshilik 13 (1917).

UzIslam.Com

unread,
Jul 25, 2009, 2:57:09 PM7/25/09
to kundalik

Sa'id ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: "Ota o'z farzandiga go'zal axloqdan ko'ra ustunroq meros qoldira olmas."

Jobir ibn Samuradan (r.a.) kelgan boshqa rivoyatda, Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qildilar: "Kishining farzandiga bir martagina tarbiya berishi, uning uchun bir so’ miqdorida sadaqa qilishidan yaxshiroqdir."

Termiziy, Yaxshilik 33 (1953).

alisherbek djurayev

unread,
Jul 27, 2009, 2:48:43 AM7/27/09
to kund...@googlegroups.com
Xabarlaringiz uchun raxmat. Yana rivoyatlar bo'lsa marxamat yuboravering katta qiziqish bilan o'qiyman oldindan raxmat.
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages