Assalamu alaykoum,
Men e'shitgan hadisni jamlavchisini nomi, bobi va betini sizlarga etkazishim qiyin. Ilmim yoq. Shunday bo'lsa ham, Farhod do'stimiz duo masalasida so'z ochgan e'kanlar menga bir musulmon azizlardan e'shitgan hadis yodimga tushdi.
Bir viloyatda men katta proektni (tadbirkorlik e'mas) amalga oshirish niyatida borib, bir ibodatda doimo taxt bo'lgan moysafid musulmon insonni oldilariga kirdim. Bir piyola choy ichdimda men safarim oldinda, shu boshlayotgan ishimga duo qilsangiz dedim. Ular: "O'zlari qaerdanlar?" deb so'radilar. Men: "Toshkentlikman, ammo ishim o'z shahrimda e'mas :-), viloyatlarda, soghliq-salomtlikni ishlarini tashkillashtirish va shu yonalishda shifokorlarni o'qitish bilan mashghulman" dedim. Bu savob ish dedilar.
Ular duo qilishdan oldin bir gapni aytdilarki hadismidi yo boshqa bir olimlarni fikrimidi yodimda qolmadi. Ular dedilarki:"Kim o'z qavmiga, o'ziga e'mas, yomghir tilab so'rasa, Alloh duoni qabul qilib bersa, so'ranganning ham xovlisiga ham yoghgan yomghir tushar" dedilarda qo'llarini duoga ochib "ishlarizga omad"dedilar.
Allohi marxamati bilan ishlarni boshlab yubordik. Uch yil o'tar o'tmas 9ta mamlakatdan delegatsia bizni viloytda qilingan ishlarimizni ko'rgani keldi va baho berib ketdi. Xursandchilik ustiga ustak Evropa mamlakatlari O'zbekistonga yana 5 mln. dollar ajratilib (yordam puli) kengaitiringlar bu ishni deyildi.
Albatta shu proekt orqasida men ham o'z rizqimni topib, mashaalloh mukofotlar oldim va olaypman(davlat tomonidan e'mas). Ular aytgandek, so'ragan yomghirimdan tushgan tomchi meni xovlimga ham tushgan e'kan.
Duo qilaylik bir birimizni, xovlimiz quruq qolmaydi.
Chet davlatdan,
Toshkandiy
--- On Wed, 6/17/09, Farhod Maxmanov <
toli...@mail.ru> wrote: