Amallar niyat bilandir...

534 views
Skip to first unread message

Shuhrat Dehkanov

unread,
Jun 1, 2009, 12:44:11 PM6/1/09
to kund...@googlegroups.com
Xofiz Abdulbaqo Xolid ibn Yusuf Maqdusiy Abul Yaman Kindiydan, bu zot
Muhammad ibn Abdulboqiy al-Ansoriydan, bu zot Abu Muhammad Hasan ibn
Ali al-Javhariydan, bu zot Abul Husayn Muhammad ibn Muzaffar
al-Hofizdan, bu zot Abu Bakr Muhammad ibn Muhammad ibn Sulaymon
al-Vositiydan, bu zot Abu Nu'aym Ubayd ibn Hishom al-Xalabiydan, bu
zot Ibn Muborakdan, bu zot Yahyo ibn Saiddan, bu zot Muhammad ibn
Ibrohim at-Taymiydan, bu zot Alqama ibn Vaqqos al-Laysiydan, bu zot
Umar ibn Xattobdan rivoyat qiladilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Albatta, amallar
niyat bilandir. Har bir kishiga niyat qilgani bo'ladi. Kimning hijrati
Alloh va Rasuli uchun bo'lsa, bas, Alloh va Rasuli uchun hijrat
qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun
bo'lsa, uning hijrati o'sha narsaga bo'libdi."

Bu hadisning sahihligiga va darajasi ulug'ligiga ittifoq qilingan, bu
hadisi sharif Islom asoslaridan birini ifoda etgandir.

mahmadi...@yahoo.com

unread,
Jun 2, 2009, 9:57:51 PM6/2/09
to Кундалик
Assalamu alaykum wa rahmatulloh!
Mazkur hadis niyat va amalning natijasi haqidami? Ya'ni "qilgan
niyatiga erishadi"mi?
Shu hadisning mazmunidan kelib chiqqan xulosalarning qaysi biri
to'g'ri:
1. Alloh uchun qilgan niyatiga yetishadi yoki niyat qilgan dunyosi yo
ayoliga yetishadi.
2. Bu yerda natija ahamiyatga ega emas yoki qilgan niyatiga
erishmasligi ham mumkin. Gap faqat niyat haqida ketyapti.

Nuriddin

unread,
Jun 3, 2009, 8:46:40 AM6/3/09
to Кундалик
Va alaykum assalom.

Bu hadis Makkadan Madinaga hijrat qilganlar haqida aytilgan.
Makkaliklardan Madinaga hamma ham dinini saqlab qolish uchun hijrat
qilmagan edi. Shuni nazarda tutib, Rasululloh "kim qanday niyatda
kelgan bo'lsa, niyatiga yarasha oxiratda ajr oladi" deganlar. Yana bir
mashxur hadis ham so'zimizning isboti bo'ladi:

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida birinchi bo‘lib
hukm (hisob-kitob) qilinadigan kimsa – shahid kishi. Uni keltirishadi,
so‘ng Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular
evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sening yo‘lingda jang qildim,
hattoki shahid bo‘ldim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen «falonchi
jur’atli» deb aytishlari uchun jang qilding. Sen istagan narsa
aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga
uloqtiriladi. Keyin ilm o‘rganib, o‘rgatgan va Qur’on o‘qigan kishini
keltirishadi. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi.
«Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi undan. «Sen uchun ilm
o‘rganib, uni (boshqalarga) o‘rgatdim va Qur’on o‘qidim», deydi.
«Yolg‘on aytding, sen olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding va
qori deb aytishlari uchun Qur’on o‘qiding. Bu gap aytildi», deydi.
So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin
Alloh rizqini keng qilib qo‘ygan, turli tuman mol-dunyo ato etgan
kishini keltiradilar. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan
oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sen infoq-ehson
qilinishini yaxshi ko‘rgan biror yo‘lni qoldirmasdan Sen uchun infoq
qildim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen saxiy, deb aytishlari uchun
shunday qilding. Bu narsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi
bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi» (Muslim, Nasoiy va boshqalar
rivoyat qilishgan).


Shuningdek, bu hadisdan olimlarimiz har bir ibodat asosida niyat
yotgani bildirib o'tilganligini aytganlar.

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan bir hadisda Rasululloh
(sallallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qilganlar: "Alloh hafaza
malaklariga: "Bandam bir gunoh qilishga qasd qilsa, uning jazosini
amal daftariga yozmang, agar shu gunohni qilsa, bir gunoh yozing. Bir
yaxshilik qilishni qasd qilsa, uni qilmasa ham bir yaxshilik qilib
yozing. Agar shu ishni qilsa, o'n yaxshilik yozing" deb xitob
qiladi."23

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sallallohu
alayhi vasallam): "Albatta, Alloh yaxshiliklar va yomonliklarni yozib
qo'ydi. So'ngra o'shani bayon qildi. Kim bir yaxshilikni qasd etsayu,
unga amal qilmasa, Alloh uni o'z huzurida barkamol bir yaxshilik qilib
yozib qo'yadi. Agar uni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh azza va
jalla uni o'z huzurida o'ntadan yetti yuz yaxshilikkacha, undan ham
bir necha barobar ko'p qilib yozadi. Agar bir yomonlikni qasd qilsayu,
unga amal qilmasa, Alloh uni o'z huzurida bir yaxshilik qilib yozadi.
Agar u (yomnlik)ni qasd qilib, amal ham qilsa, Alloh uni bir yomonlik
qilib yozadi." deb marhamat qilganlar24.


Ya'ni Yuqoridagi ikki hadisdan kishi bir gunohni qilishni qasd etsa,
Alloh (j.j.) u bandasiga rahm qilib, gunoh yozmasligini, shu gunohni
qilgan taqdirida "bir gunoh qildi" deb yozilishini, qilgan niyatidan
voz kecgan taqdirida esa, gunoh qilmagani uchun bir savob yozilishini,
shuningdek, bir xayrli ishni qilishga niyat qilinganida bir savob
yozilishini, bajargani taqdirda o'n barobardan yetti yuz barobargacha,
ixlosiga ko'ra undan-da ko'proq savob yozilishini bilib olishimiz
mumkin. Bir savobli amalni bir xil niyat bilan bajargan odamlardan
biriga Alloh o'nta savob, ikkinchisiga yetti yuz, uchinchisiga esa
undan ham bir necha barobar ko'p savob berishi mumkin.


Islom fiqhida ikkita termin bor:
1. Toat.
2. Ibodat.

Toat deb har qanday niyatsiz qilingan amal nazarda tutilsa, niyat
bilan qilingan amal ibodat deb nomlanadi.
Shunga ko'ra, har bir ibodat uchun niyat farzdir. Bu esa, alohida
ko'rib chiqiladigan masaladir.

Ya'ni, siz ko'chada ketayotganingizda o'tib ketayotganlarga halaqit
berayotgan tosh yoki shoh-shabbani ko'rib qolsangiz, uni qaysi
maqsadga ko'ra olishingizga qarab savob beriladi.

Buxoriy-Naqshbandiyya

unread,
Jun 8, 2009, 1:19:47 AM6/8/09
to Кундалик

Assalomu alaykum. Alloh rozi bo'lsin.

"Amallar niyatlar bilan bog'liq" hadisi men ko'p mutolaa qiladigan,
eng yaxshi ko'rgan hadislardandir. Agar shu hadisga amal qila olsak,
ancha narsaga erishgan bo'lardik...

Farhod Maxmanov

unread,
Jun 10, 2009, 3:57:23 AM6/10/09
to kund...@googlegroups.com
Assalomu alaykum. Alloh rozi bo'lsin.

"Amallar niyatlar bilan bog'liq" hadisida ilmning yarmi mavjud deb o`qigandaim HADIS VA HAYOT kitobda

Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages