O 39;zbek Xalq Ertaklari Bolalar Uchun

0 views
Skip to first unread message

Liora Putcha

unread,
Aug 5, 2024, 6:43:50 AM8/5/24
to innobulni
Ertakjanri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga boʻlinadi.

Hayvonlar haqidagi ertaklarning bir turi majoziy ertaklardir. Majoziy ertaklarning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.


Sehrli ertaklarda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqalar ertaklar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.


Maishiy eratklarda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch ogʻaini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Masalan, "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.


Ertaklar, asosan, didaktik vazifani bajaradi. ertaklarning "Ming bir kecha", "Panchatantra" va boshqalar yaxshi namunalari, G.X. Andersen, V.Xauf, A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy E.lari jahon madaniyati xazinasiga kirgan.Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas boglanishi, insonlarga axloqiy va ma'naviy yoldosh bolib kelishidadir. Ertaklar insonning ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sugorilgan bolib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda oziga dush-man bolgan kuchlarga qarshi kurashda doimo golib chiqadi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bolgani uchun har qanday ki-tobxonga tez yetib boradi. otmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi ozining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bolgan ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan galabasi, yoruglikning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g`oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan.Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.


Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya'ni ko'chma ma'noga ega. Masalan, ayyorlik va munofiqlik tulki, qonxo'rlik, laqmalik bo'ri orqaliifoda etiladi. Bo'ri bilan tulki, Echkining o'ch olishi, Ochko'z bo'ri, Ayiqpolvon kabi ertaklar ana shunday asarlardir.


Sehrli ertaklar ham Siz sevib va qiziqib o'qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo'lidan keladigan mo'jizakor kimsalar ur to'qmoq, ochil dasturxon, semurg', susambil ertaklaridan iborat. Johillik, ikkiyuzlamachilikni la' natlash, aql- farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ'ib qilishdir.


Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealaming aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. Zumrad va Qimmat, Oygul bilan Baxtiyor, Ziyod botir, Tohir va Zuhra, Ozodaehehra, Farhod va Shirin, Malikayi Husnobod, Ueh og'a-ini botirlar ana shunday ertaklar sirasidandir. Biz yuqorida tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar uyg'otadigan, muayyan tarbiyaviy yo'nalishga ega bo'lgan asarlardir. Siz ular bilan tanishgach, botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarchilik, vafodorlik, himmat va saxovat haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz, o'zingizda ham ertaklar qahramonlaridagi yaxshi fazilatlami bo'lishini xohlab qolasiz, shunga intilasiz.


Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o'qiymiz dedik. Tinglaydigan ertaklarimiz professional ertak aytuvchilar, ya'ni ertakchilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ertakchilar shunchaki hikoya qilmaydilar. Har bir ertakchi u yoki bu ertakni qayta yaratadi desak, xato bo'lmaydi. Chunki ularning har biri o'zining hikoya qilish uslubi, didi, dunyoqarashiga ko'ra ajralib turadi. Bundan tashqari, ertakchi tinglovchilarning saviyasi va talabiga ko'ra ertakni o'zgartirishi mumkin. O'zbek xalq og'zaki ijodi tarixida ertaklaming badiiy asar darajasiga ko'tarilishi va bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o'g'li, Haydar Baychi o'g'li, Nurali Nurmat o'g'li, Husanboy Rasul o'g'li kabi ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og'zidan yozib olingan 0' zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma'naviy zavq berib kelyapti. O'zbek adabiyotida xalq ertaklari asosida yaratilgan she'riy, nasriy asarlar teatr va kinoda ham o'z aksini topgan. Qiziqarli ertaklar sujeti asosida sahna asarlari, kinofilmlar multfllmlarni bolalar sevib tomosha qilmoqda.


Ertaklar - yaxshilikka yetaklar degan naql bar xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir.

3a8082e126
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages