Farzandingiz oʻzining Google hisobi yoki profiliga ega boʻlishi uchun ushbu Maxfiylik eslatmasi va Google Maxfiylik siyosatida tavsiflanganidek, farzandingiz haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, ishlatish yoki oshkor qilish uchun sizning ruxsatingiz kerak boʻlishi mumkin. Farzandingizga xizmatlarimizdan foydalanishiga ruxsat bersangiz, siz va farzandingiz bizga maʼlumotlaringizni ishonib topshirasiz. Bu katta masʼuliyatligini tushunamiz va axborotlaringizni muhofaza qilish uchun barcha kuchimizni ishga solamiz hamda buni nazorat qilishingizga imkon beramiz. Farzandingiz Veb va ilovalardagi faoliyat tarixi va YouTube tarixi hamda tegishli hududlarda ayrim Google xizmatlarini ulash kabi harakatlarni kuzatish sozlamalarini boshqarish mumkinligini tanlashingiz mumkin.
Farzandingiz uchun Google hisobi yoki profili yaratganingizda uning ismi va familiyasi, email manzili va tavallud sanasi kabi shaxsiy axborotlari soʻraladi. Siz yoki farzandingiz taqdim etgan axborotlar, masalan, onlayn aloqa maʼlumotlaringiz ham olinadi va kerakli paytda siz bilan aloqaga chiqishimiz uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, farzandingiz oʻz hisobi yoki profili orqali yaratgan, yuklagan yoki boshqa foydalanuvchilardan qabul qilgan kontenti, jumladan, Google Photos xizmatiga saqlagan rasmi va Google Drive orqali yaratgan hujjatiga oid axborot olinadi.
Farzandingiz sozlamalariga muvofiq, Google farzandingiz axborotlaridan unga tavsiyalar berish hamda moslangan kontent va qidiruv natijalarini namoyish etish uchun foydalanishi mumkin. Masalan, farzandingiz hisobi sozlamalari hamda uning Google Play Marketdan yuklab olgan ilovalari haqidagi axborotga asoslanib, unga yangi ilovalar taklif etilishi mumkin.
Farzandingiz shaxsiy Google hisobi yoki profili orqali surat, audio, video va joylashuv axborotini ommaga yoki muayyan shaxslarga ulashishi mumkin. Begonalar uning ochiq manbalarga ulashgan axborotlarini Google qidiruv natijalarida koʻra oladi.
Farzandingiz uchun Google hisobi yaratgan boʻlsangiz, uning hisobiga kirib, axborotlarini koʻrishingiz, yangilashingiz, olib tashlashingiz, eksport qilishingiz yoki qayta ishlanishini cheklashingiz mumkin. Agar farzandingiz parolini unutsangiz, uni Family Link ilovasi yoki vebda Family Link sozlamalari orqali tiklashingiz mumkin. Hisobga kirganingizdan keyin, farzandingizning maxfiylik sozlamalari va maʼlumotlarini boshqarishga yordam berish uchun Google maxfiylik siyosatida tasvirlangan turli boshqaruv vositalaridan, masalan, Google harakatlarni kuzatish vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Agar farzandingizda profil bor boʻlsa, Family Link ilovasi yoki vebda Family Link sozlamalari orqali axborotlarini koʻrishingiz, yangilashingiz, olib tashlashingiz, eksport qilishingiz yoki qayta ishlanishini cheklashingiz mumkin.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti 57-19 MT guruh talabasi 10.5281/zenodo.6799667 Annotatsiya. Maqolada korxonalar boshqaruv tizimida iqtisodiy axborotlar tizimini takomillashtirish, korxonaningiqtisodiyaxborotini himoyalash,
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda qog'ozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta'minlash murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Bu jarayon korxonalar boshqaruvida ham yangicha axborotlarni himoyalash tizimini yaratish va boshqaruv tizimiga tezlik bilan tadbiq qilishni ...
7c6cff6d22