EY GO'ZAL FARG'ONA

41 views
Skip to first unread message

Alparslan Turan

unread,
Sep 27, 2008, 1:52:47 PM9/27/08
to

EY GO'ZAL FARG'ONA

Ey go'zal Farg'ona qonli ko'ylagin aylanay,
Tarqolib ketkan qora, vohshiy sochinga bog'lanay,

Vohshiy bir ormon kabi bog'ringg'a bosmishdir qomish,
Ko'zlaring hech ko'rinmas bir olov, bir o't yonish

Keng cho'zuq yoylovlaring yovlarga ochmish ko'ksini
Bir qora parda bosibdir tuprog'ingning ustini,

Ko'zlaring so'lgan, o'lik ruhing bilan boqding menga
Qutulishning yulduzi oslo ko'rinmasmi senga?

Ul baland, zor tog'laring nega tosolmas yov yo'ling?
Yo'qmidir o'tkir qilich kesmakka yovlarning qo'lin?

Biz butun ojiz, za'if, bog'ri ezilgan sen uchun
Bul kadar qonlar to'kildi, ul daxida sen uchun!

Yig'lama yurtim egerchi bul kuningda yo'q bahor
Kelgusi kunlarda baxting yulduzi o'ynab qolar!


Cho'lpon,

Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli


http://www.turkbirlik.gen.tr/lang-tr/turk-dunyasinda/siir/123-ozbekce-siirler/436-ey-guzal-fergana.html

Alparslan Turan

unread,
Sep 27, 2008, 1:52:47 PM9/27/08
to
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages