Mavjud kde tarjimlarini lotinchag o'girib ular uchun kde repo'sida
yangi loyiha ochsak. uni yuritishni o'z zimmamga olaman (sizda vaqt
yo'qligini aytgandingiz).
> Mavjud kde tarjimlarini lotinchag o'girib ular uchun kde repo'sida
> yangi loyiha ochsak.
Men ham shu haqida o'ylab yurigan edim. Bu uchun, avvalo, kiril tarjimalarini
lotinga aylantirish kerak. Men bu uchun Python'da skriptni boshlaganman,
tugatsam, bu mavzuga yana qaytamiz.
Hozircha kirilcha o'zbekcha tarjimalari glibc'ning "uz" locale'si sifatida
tizimga ma'lum. Shuning uchun KDE-3.5.x'ga lotincha tarjimalarni "uz@Latn"
locale'si nomida qo'shish kerak.
Ammo yuqoridagi glibc andozalariga to'g'ri kelmaydi. KDE tarjimalari uchun
buning ahamiyati yo'q, chunki unda tizim locale'sidan foydalanilmaydi. Ammo
KDE-4 uchun tuzuvchilar KDE tarjimalarini tizimning locale'siga qarab
tanlamoqchi. Shuning uchun KDE-4 uchun "uz"ni andoza bo'yicha "uz@cyrillic"
va, lotincha tarjimalar KDE'ga qo'shilsa, "uz@Latn"ni "uz"ga almashtirish
kerak.
KDE'dan tashqari bunday o'zgarishlarni boshqa tarjimalarga ham qo'llash kerak.
Salom bilan,
Mashrab.
Hozircha kirilcha o'zbekcha tarjimalari glibc'ning "uz" locale'si sifatida
tizimga ma'lum. Shuning uchun KDE-3.5.x'ga lotincha tarjimalarni "uz@Latn"
locale'si nomida qo'shish kerak.
Ammo yuqoridagi glibc andozalariga to'g'ri kelmaydi. KDE tarjimalari uchun
buning ahamiyati yo'q, chunki unda tizim locale'sidan foydalanilmaydi. Ammo
KDE-4 uchun tuzuvchilar KDE tarjimalarini tizimning locale'siga qarab
tanlamoqchi. Shuning uchun KDE-4 uchun "uz"ni andoza bo'yicha " uz@cyrillic"
va, lotincha tarjimalar KDE'ga qo'shilsa, "uz@Latn"ni "uz"ga almashtirish
kerak.
> nima uchun uz@Latn andoza sifatida "uz" ga
> aylanyapti. "uz" esa "uz@cyrillic" Lotincha asosiy davlat andozasi
> bo'lganligi uchun "uz"ga aylandimi?
Chunki glibc andozalarida uz@Latn yo'q, u hozirgacha faqat Mandriva Linux
tizimida ishlatilib kelmoqda (balki boshqa distrolar ham shunday qilgan, buni
men bilmayman).
Aytganimdek, glibc andozasi bo'yicha "uz" - lotincha va "uz@cyrillic" kirilcha
o'zbek tilini bildiradi. locale'ga kelganda glibc va KDE-3.5.x bilan hech
qanday aloqa yo'q, ammo KDE-4'dan boshlab KDE tarjimalari uchun glibc
locale'si ishlatilishi rejalashtirilgan.
> Bundan tashqari ushbu andozalarni o'zgartirish uchun nima qilish kerak?
Savolingizni tushunmadim.
KDE'ga kelsak, men lotin tarjimalarini qo'shishda KDE tuzuvchilaridan kerakli
o'zgartirishlarni kiritishni so'rayman.
Salom bilan,
Mashrab.
> > Bundan tashqari ushbu andozalarni o'zgartirish uchun nima qilish kerak?
>
> Savolingizni tushunmadim.
>
Savolga javob oldim. Shu mammolarni yechish uchun nima qilish kerak demoqchi
edim.
> KDE'ga kelsak, men lotin tarjimalarini qo'shishda KDE tuzuvchilaridan
> kerakli o'zgartirishlarni kiritishni so'rayman.
juda yaxshi.
Aytgancha boshlagan script'ingiz tugay deb qoldimi. Yoki o'zimdagi mavjud
converter bilan lotinchaga aylantiraveraymi. Umuman siz yozayotgan
script'ning afzallik tomoni nimada?
Salom bilan Nurali
> Unaqada glibc tuzuvchilari bilan bo'g'lanib "uz"-lotinchani "uz@Latn" ga
> o'zgartiraylik. shunda alohida "uz" bo'lmaydi va bularning o'rniga
> "uz@Latn" va "uz@cyrillic" bo'ladi.
Buning ma'nosi qo'q. Qoida bo'yicha locale kodlari til uchun ISO kodlariga
to'g'ri kelishi shart. Kiril o'zbekcha uchun ISO kodi mavjud emas, shuning
uchun glibc'da bunday hollarda "@modifier" kengaytmasi ishlatiladi.
> shunday qilinsa KDE4 da ham muammo bo'lmasa kerak.
glibc andozasiga o'zgarish kiritish-kiritmaslikdan qa'tiy nazar, tarjimalarni
hozirgi nomlash usuli KDE-4'da muammoga olib keladi.
> Aytgancha boshlagan script'ingiz tugay deb qoldimi.
Yo'q.
> Yoki o'zimdagi mavjud converter bilan lotinchaga aylantiraveraymi.
Sizda qanday converter bor? Men bergan skriptmi?
> Umuman siz yozayotgan script'ning afzallik tomoni nimada?
Kirilchani qoida bo'yicha lotinchaga aylantirishda.
Salom bilan,
Mashrab.
glibc andozasiga o'zgarish kiritish-kiritmaslikdan qa'tiy nazar, tarjimalarni
hozirgi nomlash usuli KDE-4'da muammoga olib keladi.
Sizda qanday converter bor? Men bergan skriptmi?
> Unaqada glibc tuzuvchilari bilan bo'g'lanib "uz"-lotinchani "uz@Latn" ga
> o'zgartiraylik. shunda alohida "uz" bo'lmaydi va bularning o'rniga
> "uz@Latn" va "uz@cyrillic" bo'ladi.
Men to'rt yil avval glibc'ga uz@cyrillic locale'sini qo'shganimda shunga
o'xshagan nomlash taklif qilingan edi
http://www.cygwin.com/ml/libc-alpha/2003-09/msg00091.html
ammo ular "bizlarda allaqachon kiril yozuvida yozilgan norasmiy tillar uchun
@cyrillic kengaytmasi bor" degan edi.
Qisqasi, glibc andozasini o'zgartirish haqaida gapni davom etishning foydasi
yo'q. Aytganimdek, tarjimalarni bor andozaga moslash kerak, xolos.
Salom bilan,
Mashrab.
> xo'sh siz nimani taklif qilasiz. masalani qandaydir echimi bo'lishi
> kerakku.
Mening taklifim shu mavzuga jo'natgan birinchi xatimda yozilgan.
> Ha siz bergan skript
U oddiy iconv yordamida aylantiradi. U o', g', e va ts harflarini noto'g'ri
aylantiradi.
Salom bilan,
Mashrab.
Mening taklifim shu mavzuga jo'natgan birinchi xatimda yozilgan.