lotinyozuvida yozilgan o'zbek tilida o', g' va ayirish belgisida shu xatga
ilova qilingan belgi ishlatiladimi?
Iltimos, yaqinda chiqqan kitoblarga qarab beringlar. Agar iloji bo'lsa, o'sha
kitoblarning bir betidan skan qilib jo'natsangizlar, undan ham yaxshi
bo'lardi.
Salom bilan,
Mashrab.
Ha, aynan shu belgi.
> Iltimos, yaqinda chiqqan kitoblarga qarab beringlar. Agar iloji bo'lsa, o'sha
> kitoblarning bir betidan skan qilib jo'natsangizlar, undan ham yaxshi
> bo'lardi.
Afsuski, menda skanerdan o'tkazishga hozir imkon yo'q. Keyinroq balki
jo'nataman.
Yana bir narsa. Agar bilsangiz yana bir belgi bor - tutuq belgisi. U
ayirish belgisining o'rniga ishlatiladi. Uni yozilishida yuqorida
ilova qilingan belgining chappasi ishlatiladi, ya'ni oddiy vergul,
faqat harfning yuqorisida.
Hurmat bilan,
Behzod.
> Afsuski, menda skanerdan o'tkazishga hozir imkon yo'q. Keyinroq balki
> jo'nataman.
Ilojingiz boʻlmasa, buning kerakchiligi yoʻq.
> Yana bir narsa. Agar bilsangiz yana bir belgi bor - tutuq belgisi. U
> ayirish belgisining o'rniga ishlatiladi.
Tutuq belgisi nima maqsadda ishlatiladi?
Darvoqe, men ayirish belgisi deb "eʻlon", "maʻlumot" kabi soʻzlarda
ishlatiladigan belgini nazarda tutgan edim.
Salom bilan,
Mashrab.
Tutuq belgisi nima maqsadda ishlatiladi?
Darvoqe, men ayirish belgisi deb "eʻlon", "maʻlumot" kabi soʻzlarda
ishlatiladigan belgini nazarda tutgan edim.
> Aynan kiril yozuvidagi ayirish belgisining o'rnida lotinda tutuq belgisi
> ishlatiladi. O'sha "e'lon", "ma'lumot" so'zlaridagi harflar tutuq belgisi
> hisoblanadi.
OK. Bu haqida siz avval joʻnatgan qoʻllanmada yozilgan ekan. Soʻrashdan avval
oʻqishim kerak ekan...
Salom bilan,
Mashrab.
PS. Mandriva Linux 2007 Spring tizimida "ʻ" belgisini tugmatagdan kiritish
imkoniyati bor. :-)
Mashrab lotincha oʻzbekcha alifboda hozir ikki xil belki bor yaʻni
apostrof va Oʻ Qʻ harlarini yasovchi teskari vergul belgisi.
Yangi tugmalar tartibida Oʻ Qʻ harlarini yozishda qoʻllaniladigan
belgi mavjud. Ammo man unda apostrof belgisini topa olmadim. agar
"is'hoq" soʻzini yozishimiz kerak boʻlsa, tugmalar tartibini
inglizchaga oʻtkazishimiz kerakmi yoki qaysidir tugmada ushbu belgi
mavjudmi. har holda man topolmadim.
> Yangi tugmalar tartibida Oʻ Qʻ harlarini yozishda qoʻllaniladigan
> belgi mavjud. Ammo man unda apostrof belgisini topa olmadim.
Toʻgʻri, hozircha Mandriva Linux 2007 Spring tizimida mavjud oʻzbekcha
lotincha tugmalar tartibida ayirish belgisini kiritish imkoniyati yoʻq.
Agar Behzod joʻnatgan hujjatga qarasangiz, qoida boʻyicha ʼ belgisi
ishlatilishi shart. Ammo misollarda ' belgisi ishlatilgan. Bu muallifning
eʼtiborsizligidan yoki u qoidani bilmasligidan kelib chiqishi mumkin. Shuning
uchun tugmalar tartibiga ʼ belgisini qoʻshishdan avval, bu masalaga oydinlik
kiritish shart. Buni yaqinda chiqqan maktab kitoblariga qarash kerak.
Salom bilan,
Mashrab.