Yana bir narsa. Makafile ning "clean" qismiga "out" kengaytmasini ham
qo'shsak bo'lmaydimi? make clean buyrug'idan keyin pdf,log,toc,aux
kengaytmadagi fayllar o'chayapti lekin "mdv-install.out" qolib
ketayapti.
avvalo vaqtingizni kichik izlanishga sarflagangiz uchun katta rahmat. Bu
albatta qilayotgan ishimiz uchun juda muhimdir.
> -------------------------------------------
> 56. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo`shimchasi
> o`rniga chiziqcha (-) qo`yiladi: 7-sinf, 5-"A", 3-,7-,8-,sinf
> o`quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni
> ko`rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X
> sinf kabi.
> ------------------------------------------
Unda "5-ta fayl" deb yozish ham noto'g'ri ekan, shundaymi? To'g'risi "5-fayl"?
Iltimos shuni ham aniqlang.
Darvoqe, yuqoridagi qoidani kitobdan oldingizmi? O'sha kitobni menga jo'natish
iloji bormi? Albatta men hamma harajatlarini to'layman.
> Agar qarshiligiz bo'masa ularni to'g'irlab chiqmoqchiman...
Men bunga qarshi emasman.
> Yana bir narsa. Makafile ning "clean" qismiga "out" kengaytmasini ham
> qo'shsak bo'lmaydimi?
Albatta bo'ladi. Iltimos kerakli o'zgartirish kiriting. Bundan buyon, bunday
kamchiliklarni so'ramasdan iltimos tuzatib qo'ying. Agar xatoga yo'l
qoysangiz, Nurali yoki men tuzatamiz. Har holda, SVN'ga qanday o'zgarish
kiritilayotganini bir necha kishi kuzatib turibdi. :-) Aga ikkilansangiz,
albatta avvalo so'rab ish tuting.
Salom bilan,
Mashrab.
Quyidagi holatlarni ko'rsatmoqchiman:
"5-ta fayl" - o'qilishi: "Beshinchita fayl" (ma'nosiz!)
"5 ta fayl" - o'qilishi: "Beshta fayl"
"5-fayl" - o'qilishi: "Beshinchi fayl"
> Darvoqe, yuqoridagi qoidani kitobdan oldingizmi? O'sha kitobni menga jo'natish
> iloji bormi? Albatta men hamma harajatlarini to'layman.
Ma'lumotni http://navoi-al.nsspo.uz/imlolugati.htm sahifasidan oldim.
Lekin agar sizga kitob kerak bo'lsa uni ham topsa bo'ladi albatta.
> Bundan buyon, bunday
> kamchiliklarni so'ramasdan iltimos tuzatib qo'ying. Agar xatoga yo'l
> qoysangiz, Nurali yoki men tuzatamiz. Har holda, SVN'ga qanday o'zgarish
> kiritilayotganini bir necha kishi kuzatib turibdi. :-) Aga ikkilansangiz,
> albatta avvalo so'rab ish tuting.
Yaxshi, shunday yo'l tutaman. :)
To'g'ri, kiril alifbosi asosidagi imlo qoidalarida sanalarda chiqiqcha
ishlatilmaydi. buni eslatishni unutibman. Lekin lotin alifbosi
asosidagi imlo qoidalarida sana va yillarda ham chiziqcha qo'yiladi.
Boshqa hollar har ikkala alifbo uchun ham bir xil.
To'g'ri, kiril alifbosi asosidagi imlo qoidalarida sanalarda chiqiqcha
ishlatilmaydi. buni eslatishni unutibman. Lekin lotin alifbosi
asosidagi imlo qoidalarida sana va yillarda ham chiziqcha qo'yiladi.
Boshqa hollar har ikkala alifbo uchun ham bir xil.