Uzr bu savol Mashrabga atalgan bo'lsa ham, man ham javob bermoqchi
edim. Balki bu bilan Mashrab akani hozirda juda kam bo'lgan vaatini
yanada tejashga yordam berarman.
Avvalombor loyihaga xush kelibsiz.
O'ylaymanki siz svn bilan ishlashni bilasiz. Agar bilsangiz loyihaning
svn serverida istalgan tarjimani o'z kompyuteringizga ko'chirib
olishingiz mumkin. buning uchun uy direktoriyangizda floss-uz jildini
yarating va o'sha jildni ichidan turib terminalda quyidagi buyruqni
bajaring: svn checkout
http://floss-uz-l10n.googlecode.com/svn/branches/...
oxirgi uchta nurqtani o'rniga istalgan loyihangizni kiriting. ular
ro'yxatini quyidagi manzildan topasiz:
http://floss-uz-l10n.googlecode.com/svn/
istasangiz firefox tarjimalarini yoki bo'lmasa kde tarjimalarni yoki
openoffice tarjimalarini olishingiz mumkin.
Yuqoridagi buyruq bajarilganda tanlangan loyiha uchun barcha tarjima
po fayllari kompyuteringizga ko'chirib olinadi. keyin ularni orasidan
istaganingizni tanlab mavjuda tarjimalarga qo'shimcha yoki umuman
tarjima qilingmaganini tarjima qilib mashrab akani elektron pochtasiga
yuborasiz.
Salom bilan Nurali
Bu mailing-list'da oddiy hol. Odatda, bu erda bir kishiga emas hammaga
murojaat qilinadi. Murojaatga istagan kishi javob berishi mumkin.
Quyida mailing-list'ga doir juda yaxshi maqola keltirilgan. "External links"
qismidagi maqolalar ham juda foydali.
http://en.wikipedia.org/wiki/Netiquette
> > Uzr yana bir bor. Mashrab, xohlaganingizni tanlab, tarjimani
> > boshlashingiz mumkin debsiz, men qaysi birini tanlaganligim haqida
> > qayerda ma'lumot qoldirishim kerak?
Listga qisqagina "Men faloncha fayl ustida ishlayapman, xx kunda tugataman deb
o'ylayman" degan ma'noda xabar jo'natsangiz, xolos. SVN bilan
to'g'ridan-to'g'ri ishlash ruxsatini olganingizdan so'ng buni albatta keragi
yo'q.
> O'ylaymanki siz svn bilan ishlashni bilasiz. Agar bilsangiz loyihaning
> svn serverida istalgan tarjimani o'z kompyuteringizga ko'chirib
> olishingiz mumkin. buning uchun uy direktoriyangizda floss-uz jildini
> yarating va o'sha jildni ichidan turib terminalda quyidagi buyruqni
> bajaring: svn checkout
> http://floss-uz-l10n.googlecode.com/svn/branches/...
Sizda svn bilan ishlash iloji bo'lmasa, po-fayllarni yuqoridagi manzilni
veb-brauzerda ochib olishingiz ham mumkin.
> tarjima qilingmaganini tarjima qilib mashrab akani elektron pochtasiga
> yuborasiz.
... Nurali ham tarjima ishlarini puxta o'rgangan. Tarjimani unga ham menga ham
jo'nating. Mening vaqtim bo'lmasa, Nurali tarjimani qarab chiqadi. Nuralining
vaqti bo'lmasa, men qarab chiqaman.
Taxminan ellikta xabarni tarjima qilsangiz, ularni darrov jo'nating. Bundan
ziyod tarjimalarni ko'rib chiqishga juda ko'p vaqt ketadi. Oz-oz tarjima
qilib tez-tez jo'natib tursangiz kamchiliklarni ham to'g'rilash tezlashadi.
Salom bilan,
Mashrab.