Oʻ va Gʻ harfi bilan muammolar.

542 views
Skip to first unread message

Behzod Saidov

unread,
Jan 11, 2008, 9:40:56 AM1/11/08
to floss-...@googlegroups.com
Hammaga salom,

Ma'lumki, Mandriva 2007.1 dan boshlab oʻzbekcha klaviatura uchun lotincha harflarni ham qoʻyish mumkin, va unda oʻ va gʻ harfini yozish uchun ishlatiladigan chappa vergulga oʻxshash "ʻ" belgisi qoʻshilgandi. Manda boʻlayotgan muammo shundaki, veb saytlarda ushbu belgi bilan yozsam uni Internet Explorer 6 koʻrsatmayapti. Bundan tashqari OpenOffice da ham .doc kengaytmada fayllar saqlaganda va uni Microsoft Officeda ochganda "ʻ" belgisi koʻrinmaydi.

Ayrim saytlarda oʻ va gʻ ni yozish uchun chappa vergulga oʻxshagan boshqacha belgi ishlatilganini koʻrdim. Masalan - http://uza.uz/uz/ unda ishlatilgan belgi - ' Internet Explorerda ham toʻgʻri koʻrsatiladi.

Shuning uchun Mandrivada ishlatilgan ushbu belgini "'" belgisi bilan almashtirsak degandim.

Hurmat bilan,
Behzod.

Mashrab Kuvatov

unread,
Jan 15, 2008, 7:27:53 AM1/15/08
to floss-...@googlegroups.com
Behzod Saidov yozgan:

> Manda boʻlayotgan muammo shundaki, veb saytlarda ushbu belgi bilan yozsam
> uni Internet Explorer 6 koʻrsatmayapti.

Men Windows XP'dagi IE bilan floss-uz-l10n Google guruhining veb-sahifasini
ochib koʻrdim. Hamma harflar toʻgʻri koʻrindi-ku.

Siz uchragan xato brauzerda emas, balki veb-saytdadir. Menimcha, siz aytgan
veb-sayt kerakli shriftni ishlatmaydi. Aniq qaysi veb-sayt haqida gap
ketyapti?

> Bundan tashqari OpenOffice da ham .doc kengaytmada fayllar saqlaganda va uni
> Microsoft Officeda ochganda "ʻ" belgisi koʻrinmaydi.

Bu ham shriftga bogʻliq deb oʻylayman.

> Ayrim saytlarda oʻ va gʻ ni yozish uchun chappa vergulga oʻxshagan
> boshqacha belgi ishlatilganini koʻrdim.

Bu xato. Oʻzbek tilini yozish qoidasiga koʻra Unicode U02BB va U02BC belgilari
ishlatiladi. Shu qoidadan bexabar, unga eʼtibor bermaganlar yoki ʻ va ʼ
belgilarini kirita olmaganlar ', `, ´ va hokazo belgilarni ishlatadi.

> Shuning uchun Mandrivada ishlatilgan ushbu belgini "'" belgisi bilan
> almashtirsak degandim.

Yoʻq, men bunga hech qoʻshilmayman va qoʻlimdan kelguncha bunga yoʻl
qoʻymayman. Qonun-qoida oʻyinchoq emas. U kimga mos kelmasa, uni
oʻzgartirishga harakat qilish kerak. Har holda, bu muammoni bunday echib
boʻlmaydi.

Salom bilan,
Mashrab.

Behzod Saidov

unread,
Jan 16, 2008, 6:46:12 AM1/16/08
to floss-...@googlegroups.com
2008/1/15, Mashrab Kuvatov <kmas...@uni-bremen.de>:

Siz uchragan xato brauzerda emas, balki veb-saytdadir. Menimcha, siz aytgan
veb-sayt kerakli shriftni ishlatmaydi. Aniq qaysi veb-sayt haqida gap
ketyapti?
 
Bu ham shriftga bogʻliq deb oʻylayman.

Haqiqatdan ham muammo shriftda shekilli...  Yana qarab koʻraman. 

Bu xato. Oʻzbek tilini yozish qoidasiga koʻra Unicode U02BB va U02BC belgilari
ishlatiladi. Shu qoidadan bexabar,  unga eʼtibor bermaganlar yoki ʻ va ʼ
belgilarini kirita olmaganlar ', `, ´ va hokazo belgilarni ishlatadi.

Toʻgʻri. Man Mandrivada oʻ va gʻ ni yozishda muammosiz KDEdagilotincha klaviaturadan foydalanayapman, Lekin e'tibordagi belgini qanday qoʻyish mumkin?

Yoʻq, men bunga hech qoʻshilmayman va qoʻlimdan kelguncha bunga yoʻl
qoʻymayman. Qonun-qoida oʻyinchoq emas. U kimga mos kelmasa, uni
oʻzgartirishga harakat qilish kerak. Har holda, bu muammoni bunday echib
boʻlmaydi.

Toʻgʻri muammoni bunday yechish toʻgʻri emas. Windowsni yangilagan foydalanuvchilarda bunaqa muammo boʻlmasa kerak. IE7 da har holda hammasi yaxshi koʻrinadi.

Hurmat bilan,
Behzod.

Mashrab Kuvatov

unread,
Jan 16, 2008, 11:34:20 AM1/16/08
to floss-...@googlegroups.com
Behzod Saidov yozgan:

> Lekin e'tibordagi belgini qanday qoʻyish mumkin?

Mandriva Linux 2008.0 OTda ʻ va ʼ belgilari inglizcha tugmalar tartibida \
va | belgilari joylashgan tugmada. Uni bir oʻzini bossangiz ʻ va SHIFT bilan
bossangiz ʼ belgilarini kiritib boʻladi.

Salom bilan,
Mashrab.

Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages