Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etnografik yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uy-roʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.
Muzeyda qadimiy kulolchilik va toʻqimachilik buyumlari namunalarining yaxshi toʻplami, koʻplab qadimiy tangalar, shuningdek, tarixiy hujjatlar va sanʼat asarlari kolleksiyalari mavjud. Muzeyning arxeologik, etnografik va numizmatik kolleksiyalari koʻplab tarixchi va arxeologlar nuqtai nazaridan noyobdir.
Oʻzbekiston hududidan topilgan muzey eksponatlari, shuningdek, uning fondlarida saqlanayotgan nodir arxiv materiallari, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar va fotomateriallar muzeyga tashrif buyuruvchilarga nafaqat Sharq sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri boʻlmish Markaziy Osiyoni, balki oʻzbek xalqi va hozirgi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa xalqlar tarixining eng muhim bosqichlari bilan tanishishimkonini beradi.
Muzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan[2].
Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi 1876-yil 12-iyulda Turkiston xalq muzeyi sifatida tashkil etilgan. Muzey 1876-yilda Toshkentda Moskva tabiatshunoslik, antropologiya va tabiatshunoslik ixlosmandlar jamiyatining Turkiston boʻlimi aʼzolari boʻlmish, rus olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey yaratilganidan beri qisqa vaqt ichida nafaqat asosiy koʻrgazmasini, balki bir qator xalqaro koʻrgazmalarni tayyorlashga ham muvaffaq boʻlgan. Parijda (1900-yilda) va Milanda (1906 yilda) bir qator xalqaro koʻrgazmalar tashkil etgan. Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi Samarqand (1896) va Fargʻonada (1899) muzeylarining ochilishiga ham hissa qoʻshgan.
Har bir davr o'ziga xos iqtisodiy, siyosiy asosga, moddiy, ma'naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to'liq anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o'sha davr ruhiyatini to'liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixda eng qadimgi davr 2 davrga ajratilib o'rganiladi. Bu davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: "ibtidoiy to'da" va "urug'chilik jamoasi davri"ga bo'linadi. O'z navbatida urug'chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug'i) va patriarxat (ota urug'i) ga bo'linadi.
O'zbekiston Tarixi Sanalarda is a free educational reference app developed by Nur Free App for Android users. The app provides users with a comprehensive guide to the history of Uzbekistan, from the ancient civilizations of Xorazm, Buxoro, and Xiva to the modern-day country of Uzbekistan. The app covers a wide range of topics, including the history of important cities and regions, notable historical figures, and significant events such as wars and invasions.
The app features a user-friendly interface that allows users to easily access information on the go. The content is well-organized and presented in a logical manner, making it easy for users to navigate and find the information they need. Overall, O'zbekiston Tarixi Sanalarda is an excellent resource for anyone interested in learning more about the rich history of Uzbekistan.
aa06259810