8 O 39;zbekiston Tarixi Pdf

0 views
Skip to first unread message

Malcolm Lozada

unread,
Aug 4, 2024, 10:02:21 PM8/4/24
to conpbasbeati
Oʻzbekistonhududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi.

Oʻzbekistoning tosh davri tarixi bilan arxeolog olimlar shugʻullangan (P.Okladnikov, David Lev, T.Mirsoatov, M.Qosimov, Oʻtkir Islomov, A. P. Derevyanko, K. A. Kolobova, V. Ranov, Mavlon Juraqulov, K.Kraxmal, B.Sayfullaev, N.Xolmatov).


Baqtriya-Margʻiyona madaniyati miloddan avvalgi XXIII-XVIII asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy Turkmaniston, Afgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biridir. Bunday sivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976-yilda arxeolog V. I. Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margʻiyona madaniyati bizning davrimizda hind-yevropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi.


Markaziy Osiyoning bronza davri tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Viktor Sarianidi, Vadim Masson, Sergey Tolstov, Y.Zadneprovskiy, A.Isakov, M.Itina, Boris Litvinskiy, Ahmadali Asqarov, Аnatoliy Sagdullaev, Temur Shirinov).


Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev, Shaul Shaked.


Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Ahamoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan [6].S. Tolstovaning soʻzlariga koʻra, Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining oʻtmishini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitanni tarixi bilan bogʻliq.[7]


Mil. av. IV asrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Miloddan avalgi 328-yil bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaada boʻlgan. Keyinchalik (305-yildan) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi(beti)da tojdor hukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. I asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy VIII asrgacha zarb etilgan. Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qadimgi davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.


Qadimgi Xorazm tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Yuriy Rapoport, Bella Vaynberg, Vadim Yagodin, Iso Jabborov, M.Mambetulaev, M.Kdrniyazov).


Selevkning merosxoʻri Antioxning onasi Soʻgʻd malikasi Apama edi. Selevk va Apama miloddan avvalgi 324 yilda Suzada turmush qurishgan. Baʼzi taxminlarga qaraganda Apama Spitamenning qizi boʻlgan.


Yunon-Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev).


Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qadimgi Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi.


Kanishka I davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va boshqa dinlar ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi.


Kushon podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Lazar Albaum, Shokir Pidaev, Baxodir Turgʻunov, T.Annaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams).


Eftaliylar xioniylar (350 yil) va kidariylardan (380 yil) keyin Oʻrta Osiyoga koʻchishning uchinchi toʻlqinini tashkil etganligi odatda qabul qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, buning oʻrniga milodiy 350-360 yillarda koʻchmanchilar koʻchib oʻtishning katta toʻlqini boʻlishi mumkin.[12][13]


5 asrda Eftaliylar Soʻgʻdiyona hududini bosib oldilar. 479 yillarda eftaliylar Samarqand viloyatini egallab olishgan. 484 yildayoq taniqli efalit hukmdori Axshunvar sosoniylar podshosi Peroz I ni magʻlubiyatga uchratdi.[14]


VII-VIII asrlarga oid turkiy ismlar va unvonlar Baqtriya hujjatlarida uchraydi: xoqon, tapaglig eltabir, tarxon, tudun, Kutlug Tapaglig Bilga savuk, Kera-tongi, Tongaspar, turkiy etnik ismlar: xalach, turk [16]


Soʻgʻd hududida 8 asr boshidagi xujjatlar orasida turkiy tilda runik alifbosida yozilgan hujjat topilgan. Fargʻona vodiysi hududida qadimgi turkiy tilda 20 dan ortiq runik yozuvlar topilgan. Bu VII-VIII asrlarda mahalliy turkiy aholi oʻzlarining yozma anʼanalariga ega boʻlganligidan dalolat beradi.


Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).


4-8-asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda kichik davlatlar konfederatsiyasi va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular 9-asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turkiston va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan.


Soʻgʻd tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Larisa Baratova, Sh. Kamoliddinov, Vladimir Livshits, Boris Marshak, Olga Smirnova, Valentina Raspopova, Lazar Albaum, Aleksandr Belenitskiy, T.Lebedeva, Galina Shishkina, Amriddin Berdimurodov, H.Oxunboboyev, Pavel Lurie).


Qutayba arablarning boxiliylar qabilasidan boʻlib, Arab xalifaligining dunyoni fath qilish qilish uchun yoʻllagan mujohidlar qatorida ishtirok etgan. 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlangan. U arablarning Oʻrta Osiyoga islomni yoyish maqsadida qilingan gʻazotlarining bosh tashkilotchisi boʻlib, ushbu harakatlarga boshchilik qilgan. Oʻzidan avvalgi noiblardan farqli oʻlaroq, Movaraunnahrni zabt etishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand,[18] 713-yilda esa Shosh (Toshkent) egallangan. 714-yilda Qutayba qoʻshinlari Fargʻona vodiysini fath qilgan.


Somoniylar davlatining eng mashhur hukmdori Ismoil Somoniy boʻlgan. U butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy 907 yilgacha hukmronlik qildi.


Somoniylar davri tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Mixail Masson, Galina Pugachenkova,E.Bertels, Ubaydulla Karimov, Muzaffar Xayrullayev, Shamsiddin Kamoliddinov).


Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.


Qoraxoniylar davlati va madaniyati tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Qoraxoniyalarning siyosiy tarixiga oid V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Fedorovlar yirik tadqiqotlat olib borishdi. Qoraxoniylar davri madaniyati va arxeologiyasiga oid Aleksandr Bernshtam, M.Masson, G.Pugachenkova, Oleg Bolshakov, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Karl Baypakov, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh. Kamoliddinov, Y.Karevlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan.[21]


Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.

3a8082e126
Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages