MamlakatimizningYaponiyadagi elchixonasi xodimlari Mixo muzeyiga O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati tomonidan taqdim etilgan "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" turkumidagi 50 jildlik kitob-albomlarni topshirdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Mazkur kitob-albomning "Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida" jildida Syosoin imperatorlik xazinasi, Mixo muzeyi, Yokogoma shahridagi Yevrosiyo madaniyati muzeyi, Ryukoku muzeyi, Tenri universiteti qoshidagi Tenri Sankokan muzeyi, Okayama shahridagi Yaqin Sharq san'ati muzeyi va Xirosima prefektural san'at muzeyida saqlanayotgan O'zbekiston tarixi va madaniyatiga oid muhim ma'lumotlar o'rin olgani qayd etildi.
Muzey bosh tadqiqotchisi Xajime Inagaki O'zbekiston madaniy merosi to'g'risida eng to'liq ma'lumotlarni jamlagan ushbu kitoblar turkumi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Ushbu kitob-albomlar Mixo muzeyi kolleksiyasining qimmatli eksponatlari qatoridan joy olishiga va kelgusida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish niyatida bo'lgan yapon tadqiqotchilari uchun muhim manba sifatida xizmat qilishiga ishonamiz", dedi u.
3a8082e126