Android Cupcake HTC Dreamda taqdim etilgan jismoniy klaviaturadan voz kechib, virtual klaviaturani taqdim qildi. Cupcake operatsion tizimda oldindan oʻrnatilgan ilovalarning xususiyatlarini yaxshiladi; videolarni YouTubega toʻgʻridan toʻgʻri yuklash imkoni, xuddi shunday rasmlarni Picasaga, Gmailda umumiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash imkoni va yangi JavaScript mexanizmi, nusxalash, joylashtirish imkoniyatlari veb brauzerda yangilandi. Android Cupcake Androidning qandolatchilik mavzusidagi nomlash sxemasidan foydalangan birinchi yirik versiyasi boʻldi, ushbu nomlash sxemasi 2019-yilda Android 10 taqdim etilguncha davom etdi[1].
2010-yil iyul oyiga kelib Android Cupcakeʼda ishlaydigan qurilmalar soni Android operatsion tizimida ishlaydigan faol qurilmalarning chorak qismidan kamrogʻini tashkil etdi[2]. Keyingi oylarda foydalanuvchilarning Android Cupcakeʼni oʻrnatishlari koʻrsatkichi pasayishni boshladi, 2011-yil yanvariga kelib Android Cupcakeʼdan foydalanadigan qurilmalar 4,7 foizini tashkil etdi[3]. 2017-yil 30-iyunga kelib Google Cupcakeʼdagi Google Playni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi[4].
Bluetooth stereo qoʻshildi va avtomobil ichki funksiyalarini Bluetooth orqali qoʻllab-quvatlash muammolari hal qilindi[10]. Android Cupcakeʼda avtomatik ulanish funksiyasi qoʻshildi[11]. Audio/videolarni masofadan boshqarish imkonini beruvchi Bluetooth profillari qoʻshildi[12][13].
iPhonedagi kabi virtual klaviatura qoʻshildi. Virtual klaviatura HTC Magicga oʻxshash jismoniy klaviaturasi mavjud boʻlmagan qurilmalar uchun juda muhim hisoblanadi[14]. Virtual klaviatura avtomatik tuzatish, oldindan taxmin qilish, lugʻatlarni tahrirlash kabi funksiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi[15].
Android Cupcakeʼda MMS joʻnatmalari[10], yuklanishlarni toʻxtatish va davom ettirish[10], MPEG-4 va 3GP video formatlarini qoʻllab-quvvatlash, SD card fayl tizimini tekshirish kabi boshqa xususiyatlar qoʻshildi. Android operatsion tizimining asosiy yadrosi Linux 2.6.27 versiyaga yangilandi.[11]
Kontaktlarga foydalanuvchi rasmlarini yuklash imkoniyati qoʻshildi[19]. Kontaktlar ilovasi bilan Google Talk oʻrtasida integratsiya oʻrnatildi[16]. Qoʻngʻiroqlar jurnali aniq sana va vaqt belgilarini koʻrsatadi[20].
Android Cupcakeʼning veb brauzeri JavaScriptning Squirrelfish mexanizmidan foydalanadi va sahifada nusxalash, joylashtirish va qidirish funksiyalarini ishlatadi[15]. Kitob belgisi va qidiruv tarixi xususiyatlarini ham oʻz ichiga oladi[20].
Farzandingiz oʻzining Google hisobi yoki profiliga ega boʻlishi uchun ushbu Maxfiylik eslatmasi va Google Maxfiylik siyosatida tavsiflanganidek, farzandingiz haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, ishlatish yoki oshkor qilish uchun sizning ruxsatingiz kerak boʻlishi mumkin. Farzandingizga xizmatlarimizdan foydalanishiga ruxsat bersangiz, siz va farzandingiz bizga maʼlumotlaringizni ishonib topshirasiz. Bu katta masʼuliyatligini tushunamiz va axborotlaringizni muhofaza qilish uchun barcha kuchimizni ishga solamiz hamda buni nazorat qilishingizga imkon beramiz. Farzandingiz Veb va ilovalardagi faoliyat tarixi va YouTube tarixi hamda tegishli hududlarda ayrim Google xizmatlarini ulash kabi harakatlarni kuzatish sozlamalarini boshqarish mumkinligini tanlashingiz mumkin.
13 yoshdan kichik (yoki mamlakatingizda belgilangan yosh) bolalar uchun Family Link orqali boshqariladigan Google hisoblari va profillari uchun ushbu Maxfiylik eslatmasi va Google maxfiylik siyosati Google maxfiylik amaliyotlarini tushuntiradi. Bu Maxfiylik eslatmasida farzandingiz hisobi yoki profiliga nisbatan tatbiq etiladigan mos maxfiylik usullari, masalan, moslangan reklamalar namoyishiga cheklov oʻrnatishdagi farqlar haqida maʼlumot berilgan.
Farzandingiz uchun Google hisobi yoki profili yaratganingizda uning ismi va familiyasi, email manzili va tavallud sanasi kabi shaxsiy axborotlari soʻraladi. Siz yoki farzandingiz taqdim etgan axborotlar, masalan, onlayn aloqa maʼlumotlaringiz ham olinadi va kerakli paytda siz bilan aloqaga chiqishimiz uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, farzandingiz oʻz hisobi yoki profili orqali yaratgan, yuklagan yoki boshqa foydalanuvchilardan qabul qilgan kontenti, jumladan, Google Photos xizmatiga saqlagan rasmi va Google Drive orqali yaratgan hujjatiga oid axborot olinadi.
Farzandingiz foydalangan xizmatlar va ulardan qanday foydalangani haqidagi axborot, masalan, u Google orqali qidirgan narsasi, Google Assistent bilan suhbati yoki YouTube Kids xizmatida tomosha qilgan videosiga oid muayyan axborot avtomatik olinadi va saqlanadi. Bu axborotga quyidagilar kiradi:
Farzandingiz Google xizmatlariga kirish uchun foydalangan ilova, brauzer va qurilmalar, jumladan, maxsus identifikator, brauzer turi va qurilma sozlamalari, operatsion tizim, uyali tarmoq (bundan tashqari, operator nomi va telefon raqami) va ilova versiyasi raqami haqidagi axborot olinadi. Farzandingiz foydalanadigan ilova, brauzer va qurilmalarning Google xizmatlari bilan oʻzaro aloqasi, jumladan, IP manzili, nosozliklarga oid hisobot, tizimdagi faollik, Google resurslariga kirilgan sana, vaqt va unga qaysi URL orqali kirilgani haqidagi axborot ham qayd etiladi. Bunday axborot farzandingiz qurilmasidagi biror Google xizmati bizning serverlarimizga ulansa, masalan, Play Marketdan ilova yuklab olinsa olinadi.
Farzandingizga Google Play Marketdan ilovalar taklif qilish uchun sozlamalariga muvofiq uning Google xizmatlaridagi harakatlariga oid axborot toʻplanadi. Farzandingiz harakatlarni kuzatish sozlamalarini boshqarish mumkinligini tanlashingiz mumkin. Farzandingiz harakatlariga oid axborotga u qidiruvda ishlatgan kalit soʻzlar, tomosha qilgan videolari, ovozli buyruqlari, kim bilan suhbatlashgani yoki ulashgan kontenti haqidagi axborot va Google hisobi bilan sinxronlangan Google Chrome brauzeri tarixi kiradi. Farzandingiz chaqiruv amalga oshirish va qabul qilish, masalan, Google Meet yoki Duo yordamida xizmatlarimizdan foydalansa, biz telefon jurnali maʼlumotlarini olishimiz mumkin. Farzandingiz oʻz hisobi yoki profilida saqlangan harakat maʼlumotlarini topish va boshqarish uchun oʻz Google hisobiga tashrif buyurishi mumkin, shuningdek, siz farzandingizning Google hisobiga kirish yoki Family Link orqali uning profiliga kirish orqali uning faollik maʼlumotlarini boshqarishga yordam berishingiz mumkin.
Farzandingiz oʻz qurilmasi orqali Google xizmatlaridan foydalanganida, uning qurilmasi joylashuvi haqidagi axborot qayd etiladi. Bunday axborot qurilmaning faol GPS funksiyasi, qurilma IP manzili, qurilmadagi sensorlar va yon-atrofidagi obyektlardan, masalan, Wi-Fi tarmoq, uyali tarmoq antennalari va Bluetooth funksiyasi yoqilgan qurilmalardan keladigan signallar orqali aniqlanadi. Biz oladigan joylashuv axboroti qisman sozlamalaringiz va farzandingiz qurilmalariga bogʻliq.
Biz farzandingizning qurilmasidagi axborotni olish va saqlash uchun turli texnologiyalar, jumladan, cookie fayllar, piksel teglari, ichki xotira (masalan, brauzer xotirasi yoki ilovadagi kesh xotira), axborot bazasi va server jurnallaridan foydalanamiz. Farzandingiz shaxsiy hisobi yoki profili orqali Google mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtganida undan faqat zarur va birlamchi axborot soʻraladi.
Google maxfiylik siyosatida farzandingizning Google hisobi yoki profili bilan bogʻliq holda Google toʻplaydigan maʼlumotlardan qanday foydalanishimiz mumkinligi batafsil bayon etilgan. Farzandingiz axborotlaridan asosan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: xizmatlarni yetkazish, amalga oshirish va yaxshilash; yangi xizmatlar yaratish; xizmatlarni farzandingizga moslash; xizmatlar unumdorligini oshirish va foydalanuvchilar ulardan qanday foydalanishi haqidagi axborotni tahlil qilish; xizmatlar xavfsizligi va ishonchliligini oshirish.
Farzandingiz sozlamalariga muvofiq, Google farzandingiz axborotlaridan unga tavsiyalar berish hamda moslangan kontent va qidiruv natijalarini namoyish etish uchun foydalanishi mumkin. Masalan, farzandingiz hisobi sozlamalari hamda uning Google Play Marketdan yuklab olgan ilovalari haqidagi axborotga asoslanib, unga yangi ilovalar taklif etilishi mumkin.
Bundan tashqari, farzandingiz sozlamalariga qarab, biz toʻplagan maʼlumotlarni xizmatlarimiz va farzandingiz qurilmalari orqali yuqorida tavsiflangan maqsadlarda birlashtirishimiz mumkin. Biz Google xizmatlarining unumdorligini oshirish maqsadida farzandingiz hisobi yoki profili sozlamalariga asoslanib, uning turli saytlar va ilovalardagi harakatlarini shaxsiy axborotiga ulashimiz mumkin.
Farzandingiz shaxsiy Google hisobi yoki profili orqali surat, audio, video va joylashuv axborotini ommaga yoki muayyan shaxslarga ulashishi mumkin. Begonalar uning ochiq manbalarga ulashgan axborotlarini Google qidiruv natijalarida koʻra oladi.
Biz jamlaydigan axborot kamdan-kam holatlarda tashqi manbalarga ulashiladi. Google kompaniyasi foydalanuvchi shaxsiy axborotini faqat quyidagi holatlarda tashqi kompaniya, tashkilot va shaxslarga ulashishi mumkin:
Biz shaxsiy maʼlumotlarni oʻz koʻrsatmalarimiz asosida hamda ushbu Maxfiylik eslatmasi, Google maxfiylik siyosati va boshqa tegishli maxfiylik va xavfsizlik choralariga muvofiq, oʻz filiallarimiz yoki boshqa ishonchli korxonalar yoki shaxslarga ularni qayta ishlashlari uchun taqdim etamiz.
Google foydalanuvchi shaxsiy axborotiga Google kompaniyasiga aloqasi boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarning kirishi, ulardan foydalanishi, ularni saqlashi yoki oshkor qilishiga faqat quyidagi holatlarda ruxsat beradi:
Bundan tashqari, Google maʼlumotlaringizni anonim tarzda ommaga yoki oʻz hamkorlariga, jumladan, noshirlar, reklama beruvchilar, dasturchilar yoki mualliflarga ulashishi mumkin. Masalan, ommalashib borayotgan Google xizmatlari haqidagi axborot ommaga ulashiladi. Google muayyan hamkorlariga shaxsiy cookie fayllari yoki oʻxshash texnologiyalardan foydalanib, foydalanuvchi brauzeri yoki qurilmasidagi axborotni reklama yoki tahlil maqsadlarida jamlashiga ruxsat beradi.
Farzandingiz uchun Google hisobi yaratgan boʻlsangiz, uning hisobiga kirib, axborotlarini koʻrishingiz, yangilashingiz, olib tashlashingiz, eksport qilishingiz yoki qayta ishlanishini cheklashingiz mumkin. Agar farzandingiz parolini unutsangiz, uni Family Link ilovasi yoki vebda Family Link sozlamalari orqali tiklashingiz mumkin. Hisobga kirganingizdan keyin, farzandingizning maxfiylik sozlamalari va maʼlumotlarini boshqarishga yordam berish uchun Google maxfiylik siyosatida tasvirlangan turli boshqaruv vositalaridan, masalan, Google harakatlarni kuzatish vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
59fb9ae87f