> ------- Comment #1 from Nurali 2007-06-26 07:25 UTC -------
> Created an attachment (id=90647)
> --> (http://bugzilla.gnome.org/attachment.cgi?id=90647&action=view)
> translated into uzbek
>
> I translated this file. Please anybody commit this file to uzbek project. I
> have no svn account yet
GNOME'ni tarjima qilib boshlaganingiz juda yaxshi. Buning uchun Google Code'da
alohida loyiha yaratsangiz, yaxshi boʻladi. Chunki floss-uz-l10n loyihasida
boʻsh joy muammosi tugʻilishi mumkin (Google faqat 100 Mb joy ajratkan).
Masalan, loyihaning nomi floss-uz-l10n-gnome yoki gnome-uz-l10n boʻlishi
mumkin. Shuday qilsangiz, loyihaga qoʻshilish va tarjimalarni qarab chiqib
ularni tuzatish ancha oson boʻladi.
GNOME uzbekcha kiril tarjimalarini u...@cyrillic.po koʻrinishida davom etish
kerak. Hozirgacha mavjud boʻlgan GNOME uz.po fayllarni yuqoridagi koʻrinishga
koʻchirish kerak. Ishni shundan boshlasangiz boʻladi.
GNOME UZ koordinatorlikni GTP'da hal qilamiz.
Salom bilan,
Mashrab.
> > GNOME'ni tarjima qilib boshlaganingiz juda yaxshi. Buning uchun Google
> > Code'da alohida loyiha yaratsangiz, yaxshi boʻladi. Chunki floss-uz-l10n
> > loyihasida boʻsh joy muammosi tugʻilishi mumkin (Google faqat 100 Mb joy
> > ajratkan). Masalan, loyihaning nomi floss-uz-l10n-gnome yoki
> > gnome-uz-l10n boʻlishi mumkin. Shuday qilsangiz, loyihaga qoʻshilish va
> > tarjimalarni qarab chiqib ularni tuzatish ancha oson boʻladi.
>
> Yashi fikr. Avval tarjimani yo'lga qo'yib olay, albatta loyihani ochaman.
OK.
> > GNOME uzbekcha kiril tarjimalarini u...@cyrillic.po koʻrinishida davom
> > etish kerak. Hozirgacha mavjud boʻlgan GNOME uz.po fayllarni yuqoridagi
> > koʻrinishga koʻchirish kerak. Ishni shundan boshlasangiz boʻladi.
>
> Buning uchun avval menda to'liq gnome pot fayllari bo'lishi kerak.
Yoʻq. Buni "svn mv uz.po u...@cyrillic.po" yordamida bajarsa boʻladi.
> Ular menda yo'q. Ularni to'liq ro'yxati yoki KDE'ga o'xshagan pot fayllarni
> birato'lasiga bir joydan olishni iloji yo'qmikin?
Agar hozirgacha hech nima oʻzgarmagan boʻlsa, GNOME'da bunday qulaylik yoʻq.
POT-fayllarni har joydan terib olish kerak.
> Faqat gnome-desktop faylini olib tarjima qildim. bunday qilishni Claude
> so'ragan edi. Po fayllarni masalan gnome-...@cyrillic.po ko'rinishida
> demoqchimisiz? Fayllarni avval o'z kompyuterimda shu ko'rinishga keltirib
> olshim kerak manimcha.
Kompyuteringizda PO-fayl nomining ahamiyati yoʻq. Asosiysi - GNOME SVN'da u
u...@cyrillic.po boʻlishi shart.
> Kelishdik. Claude Sizni GTP'ga bu haqida xat yozishingizni so'ragan edi.
> Bunda xabaringiz bo'lsa kerak?
Men allaqachon javob berdim.
Salom bilan,
Mashrab.
Mashrab sizni javobingizni mailing listda topa olmadim. Claude uni bu yerda
so'ragan edi:
http://mail.gnome.org/archives/gnome-i18n/2007-June/msg00066.html
Salom bilan Nurali
> Mashrab sizni javobingizni mailing listda topa olmadim.
Men uning nusxasini sizga ham joʻntganman, uni olgan boʻlishingiz kerak. Men
gnome-i18n'ga aʼzo emasman, shuning uchun xatimni ML admini qarab
chiqib "oʻtkazib" yuborishi kerak. Bunga uni hali qoʻli tegmaganga oʻxshaydi.
Xatimning sizdagi nusxasini gnome-i18n'ga uzatishingiz mumkin.
Salom bilan,
Mashrab.
> Gnome'ni KDE'dan farqi shunda ekanki, har bir dasturni tarjima qilish uchun
> o'sha dasturni yozib olib, undan .pot faylini yaratish kerak ekan. Man siz
> aytganday hamma fayllarni o'zgaritib chiqamanmi deb o'ylagan edim. Ammo
> bunday emas ekan. Chunki siz qilgan Gtk tarjimalaridan boshqa fayllar svn
> serverga qo'shilmagan ekan.
GTK tarjimasidan boshqa tarjima yoʻq ham edi. Shuning uchun men aytganni
bajarish juda oson.
> http://l10n.gnome.org/languages/uz/ saytidagi
> pot fayllar esa tarjimonlar uchun yaratilib qo'yilgan ekan. Har bir faylni
> tarjima qilib bo'lgandan keyn uni svn serverga yozish paytida nomini
> @cyrillic deb o'zgartiraman.
>
> Ha aytgancha hozirgacha ikkita faylni tarjima qilib claude yordamida svn
> serverga qo'shdim. Ular gnome-menus. Claude ularni uz.po shaklida
> qo'shibdi. Agar kirilchadagi tarjimalarni @cyrillic deb qo'shsak,
> lotinchadagi tarjimalarni nima deb qo'shaman. shunchaki uz.po debmi yoki
> u...@Latn.po deb qo'shaymi?
uz.po
Lotinchaga qanday qilib tarjima qildingiz?
Salom bilan,
Mashrab.
PS. Xatni qaerga joʻnatayotganingizga eʼtibor bering.
> PS. Xatni qaerga joʻnatayotganingizga eʼtibor bering.
Tushunmadim. qayerga yanglish xat yuboribman
> Siz tuzgan oxirigi skript bilan.
Unda hali bir-ikkita kamchilik bor. U bilan aylantirgan tarjimalarni hali hech
joyga qoʻshmang. Uni ishxonangizda ishlatishingiz mumkin, ammo GNOME'ga
oʻxshagan rasmiy tarjimalarga uni ishlatmang.
> Tushunmadim. qayerga yanglish xat yuboribman
floss-uz-l10n-commit
Salom bilan,
Mashrab.
Nega uni xatolarini tuzatgan edingiz shekilli. Bundan tashqari hali
tarjimalarni lotinchaga aylantirganim yo'q. Skritpdagi kamchiliklar
aynan nimada. o'sha joyini qo'lbola tuzatib chiqaman
Salom bilan Nurali
> Skritpdagi kamchiliklar aynan nimada.
я, ю, ё harflarni notoʻgʻri aylantiradi.
> o'sha joyini qo'lbola tuzatib chiqaman
Ularni lotin yozuvida qoida boʻyicha toʻgʻri yozishni bilasizmi?
Salom bilan,
Mashrab.
> > Ularni lotin yozuvida qoida boʻyicha toʻgʻri yozishni bilasizmi?
>
> Albatta.
Unda quyidagiga nega javob bermadingiz? :-)
Salom bilan,
Mashrab.
http://bugzilla.gnome.org/show_bug.cgi?id=451164 da, ularni aytishi
bo'yicha debianda boshqacha locale qo'llanilar ekanku. qisqasi nima
qarorga kelamiz. agar hozirgi qarorimizda tursak, man ularga aytay,
hamma fayllarni o'zgartirishsin. ular kordinator sifatida mandan javob
kutadiganga o'xshaydi (gapiga qaraganda).
Salom bilan Nurali
> http://bugzilla.gnome.org/show_bug.cgi?id=451164 da, ularni aytishi
> bo'yicha debianda boshqacha locale qo'llanilar ekanku.
Nurali, iltimos har xil narsani aralashtirmang. Debian boshqacha locale'ni
ishlatmaydi. Mish-mishga quloq solishdan koʻra oʻzingiz tekshirib koʻring.
> qisqasi nima qarorga kelamiz. agar hozirgi qarorimizda tursak, man ularga
> aytay, hamma fayllarni o'zgartirishsin.
Men allaqachon bir necha marta aytdim, uz.po - lotin va u...@cyrillic.po kiril
yozuvida yozilgan oʻzbek tili uchun ishlatilishi kerak. Sababini ham bir
necha marta takrorladim.
Salom bilan,
Mashrab.