uzr, xatingizga vaqtida javob berolmadim.
> Bugun Mandriva Springni oldim.
Birinchi taasurotlar qanday?
> man har safar mandrivaga paketlar to'plamini qo'shayotganimda har xil
> ko'zgulardagi manbalarni qo'shaman (easyurpmi yordamida). Ular orasida hech
> qanday farq yo'qmi?
Ular orasida hecha qanday farq yoʻq. Farq faqat ular asosiy Mandriva FTP
serveri bilan tenglashish oraligʻida.
Darvoqe, http://easyurpmi.zarb.org/ yordamida faqat PLF toʻplamlarini
qoʻshishni maslahat beraman. Rasmiy toʻplamlarni quyidagicha oson yoʻl bilan
qoʻshish mumkin.
Root boʻling
$ su
$ urpmi.addmedia --distrib --probe-synthesis ftp://...../official/2007.1/i586
Buni toʻplam boshqaruvchisi yordamida ham bajarsa boʻladi. Uni dasturlarni
oʻrnatish vositasidan yoki quyidagicha terminaldan ishga tushirish mumkin.
Toʻplamlar boshqaruvchisida "Qoʻshish..." tugmasini bosing. Paydo boʻlgan
oynada "Distribution sources" tugamsini soʻng "Ha" tugasini bosing. Paydo
boʻlgan roʻyxatdan istagan oynani tanlang, xolos.
Rasmiy toʻplamlar qoʻshilgandan soʻng "Main Backports", "Contrib Backports"
va "Non-free Backports" toʻplamlarni yoqilgan deb belgilang. Joriy tizim
uchun (2007.1) yangi chiqqan dasturlar paketlansa, ular Backports
toʻplamlarida paydo boʻladi. Shuning uchun Backports toʻplamlarni
vaqti-vaqtida yangilab turish kerak.
Backports toʻplamlariga qoʻshilishdan avval Testing toʻplamlariga
qoʻshiladigan paketlarni sinab ko'rmoqchi boʻlmasangiz, Testing toʻplamlarini
olib tashlashingiz mumkin. Har holda, andoza boʻyicha ular oʻchilrilgan
boʻladi.
Yana bir maslahat, DVD/CD toʻplamlari toʻplamlar boshqaruvchi roʻyxatida
birinchi oʻrinda turishishi kerak. Bu holda, yangi dastur oʻrnatmoqchi
boʻlsangiz, ular DVD/CD-disklardan qidiriladi.
> Qaysi server tezroq ishlaydi. Umuman siz qaysi serverlardan foydalanasiz?
Men quyidagi serverlardan foydalanaman.
ftp://ftp.surfnet.nl
ftp://distrib-coffee.ipsl.jussieu.fr/
ftp://ftp.sunet.se/
Salom bilan,
Mashrab.
Bu loyihani maqsadi boshqa bo'lganligi sababli, hozirgi bermoqchi
bo'lgan savolim uchun alohida mavzu ochmadi. O'zngiz bilasiz, hali
o'zbekistonda dial-up usulidan keng foydalanishadi. mandriva 2006 da
manda callback ishlamay qolganda sizni maslahatiz bilan ppp paketini
o'rnatish orqli bu muammoni yechgan edim. ammo mandriva 2007da o'sha
paketni o'rnatsa ham callback ishlamayapti. buni o'zimda sinab
ko'rmadim lekin. bu muammo bilan www.forum.opennet.uz dan antivirus
duch kelgan. siz ham shu forumga kirib javobni o'sha yerda bersangiz
yaxshi bo'lardi. umuman u yerda ishtirok etib tursangiz degandim.
hozirgi muammo quyidagi manzilda http://forum.opennet.uz/index.php?topic=66.0
salom bilan Nurali
Uzr yuqoridagi xabarda fourm manzili xato ketibdi. aniq manzil:
http://forum.opennet.uz/