floss-uz-l10n loyihasiga kirish

5 views
Skip to first unread message

Mashrab Kuvatov

unread,
Nov 15, 2006, 9:52:27 AM11/15/06
to floss-...@googlegroups.com
Hammaga salom,

Google Code Project Hosting xizmatida floss-uz-l10n loyihasi mavjud.

http://code.google.com/p/floss-uz-l10n/

Uning maqsadi mavjud o'zbekcha tarjimalarni bir joyda yig'ib ular ustida
ishlash. Tarjimalar quyidagi SVN serverida joylashgan.

http://floss-uz-l10n.googlecode.com/svn/

Tarjimalar bilan ishlash uchun bir oz SVN bilan ishlashni o'rganish kerak.
Asosan, undagi fayllarni olish (checkout) va unga o'zgartirish kiritilgan
fayllarni qo'ysh (commit) vazifalarni to'gri bajarishni o'rganish kerak,
xolos.

SVN bilan ishlash uchun Linuksda 'svn' terminal buyrug'i bor. Bundan tashqari,
kdesvn degan grafik vosita ham bor. Windows'da http://tortoisesvn.tigris.org/
dasturini topdim.

floss-uz-l10n loyihasining SVN serveri quyidagicha

https://floss-uz-l10n.googlecode.com/svn/

PO-fayllarni tarjima qilish uchun Linuksda KBabel va Windows'da poedit
vositalari mavjud. Ularni ishlatish qiyin emas.

Tarjimalardan tashqari SVN'da qo'llanmalar ham mavjud. Hozircha u erda
Linuksni o'zbekchaga tarjima qilish va Mandriva Linuks OTni o'rnatish uchun
qo'llanma mavjud. Ularni quyidagi joyda joylashgan.

https://floss-uz-l10n.googlecode.com/svn/trunk/doc

Ular LaTex'da yozilgan. Ularni oddiy matn tahrirchisi bilan ochib o'zgartirsa
bo'ladi. Qo'llanma direktoriyasida make (Linuksda) buyrug'ini bajarsa,
PDF-fayli paydo bo'ladi. Avvalo, tizimda tetex paketi o'rnatilgan bo'lishi
shart.

Agar siz ham loyihada ishlashni istasangiz, SVN'ni bir oz o'rganing so'ng men
sizga ham SVN'da o'zgartirish kiritishga ruxsat beraman.

Savol va takliflaringiz haqida tortinmasdan shu guruhda xabar bering. Men
iloji boricha ularga to'liq javob berishga harakat qilaman.

Salom bilan,
Mashrab.

--
Mashrab Kuvatov
PGP key: www.uni-bremen.de/~kmashrab/kmashrab.asc

Reply all
Reply to author
Forward
0 new messages