Internetdagi ikki yarim soatlik qidiruv natijasida Samarqand Davlat Chet tillar instituti tomonidan nashr qilingan uslubiy qo'llanmani topdim. Qo'llanma juda yaxshi tuzilgan. Unda nafaqat imlo qoidalari, balki yozuvlar tarixi, davlat qonun va qarorlari, harflarning bosma va yozma yozilishi hamda ko'pgina namuna matnlar keltirilgan. Qo'llanmani ilova qilaman.
Behzod joʻnatgan hujjatda 'y' harfini yozish qoidasida (33-bet) agar 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' birikmalardan oldin yumoshoq undosh kelsa 'u', 'e', 'o', va 'a' ishlatiladi. Agar kattiq undosh kelsa, 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' ishlatiladi. Ammo keyingi betda (34-bet) jadvaldagi misollarda 'molekular' va 'samolyot' soʻzlari keltirilgan. Bu ikki soʻzda 'l' harfidan keyin 'a' va 'yo' ishlatilgan. Bu xatomi yoki toʻgʻrimi?
Soʻng, menga, oʻzbek tilining qoidalarini biladigan boʻlsa, yumshoq va kattiq undoshlar nimaligi haqida iltimos maʼlumot beringlar.
Men jo'natgan qo'llanma har holda juda ideal emas. Ko'rsatgan jadvalingizni qarab chiqdim. Haqiqatdan ham g'alati. Shu kunlarda rasmiy o'zbek tilining imlo qoidlarini qidirayapman. U 1995-yildan keyin chiqqan imlo lug'atida bor.
> Behzod joʻnatgan hujjatda 'y' harfini yozish qoidasida (33-bet) > agar 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' birikmalardan oldin yumoshoq undosh > kelsa 'u', 'e', 'o', va 'a' ishlatiladi. Agar kattiq undosh > kelsa, 'yu', 'ye', 'yo', va 'ya' ishlatiladi. Ammo keyingi betda (34-bet) > jadvaldagi misollarda 'molekular' va 'samolyot' soʻzlari keltirilgan. Bu > ikki > soʻzda 'l' harfidan keyin 'a' va 'yo' ishlatilgan. Bu xatomi yoki > toʻgʻrimi?
> Soʻng, menga, oʻzbek tilining qoidalarini biladigan boʻlsa, yumshoq va > kattiq > undoshlar nimaligi haqida iltimos maʼlumot beringlar.
Uzoq vaqt javob yoza olmaganim uchun uzr. Xullas, yumshoq va qattiq undosh haqida hech qanaqa ma'lumot topa olmadim. Lekin o'zbek tilining lotin yozuviga asoslangan imlo lug'atini topdim. Bir tanishim skaner qilib berdi. Faqat bir muammo, pdf faylni hajmi katta bo'lib ketgani uchun (44 MB) uni bu yerda qoldira olmadim. Fayl vaqtincha http://www.bir.uz/imlo-lugati.zipmanzilida turadi. Uni bir.uz serveriga vaqtincha qo'ydim, har doim u yerda bo'lmasligi ham mumkin. Iltimos, iloji boricha tezroq olinglar.
> Lekin o'zbek tilining lotin yozuviga asoslangan imlo lug'atini topdim. Bir > tanishim skaner qilib berdi.
Juda ajoyib ish. Unga vaqtingizni ajratganingiz uchun katta rahmat.
> Uni bir.uz serveriga vaqtincha qo'ydim, har doim u yerda bo'lmasligi ham > mumkin. Iltimos, iloji boricha tezroq olinglar.
Men yozib oldim. Uni loyiha veb-saytiga qoʻyish mumkin, ammo birinchidan mualliflik huquqi borasida muammo paydo boʻlishi mumkin va ikkinchidan PDF-faylining hajmi Google ajratgan joyning yarimi olar ekan.